Nima uchun Disney qahramonlari qo’lqop kiyishadi?

Nima uchun Disney qahramonlari qo’lqop kiyishadi?

 

Qiziq,  nima uchun Disney qahramonlari qo’llarida qo’lqop bilan chiqishadi?

Mickey Mouse birinchi bo’lib qo’lqop kiygan Disney qahramoni hisoblanadi. Birinchi Mickey Mouse multfilmi (Plane Crazy) 1928-yilda yaratilgan bo’lib, unda multfilm qahramonining qo’llarida qo’lqop yo’q edi. Mickey Mouse 1929-yildan (The Opry House) qo’lqop kiyishni boshladi.

mc1

Ma’lum bo’lishicha, Disney qahramonlari qo’lqop kiyishining 3 asosiy sababi bor ekan:

Vaqtni tejash

Har bir qahramonning qo’l va barmoqlarini chizishga ko’p vaqt sarflangan va ko’plab ishchilarni bunga jalb etish talab qilingan. Jarayonni tezlatish maqsadida, animatorlar mult qahramonlarning ko’rinishini batafsil detallarsiz chiza boshlashgan.

Farqlash

Birinchi Disney multfilmlari oq va qora ranglarda bo’lgan. Shuning uchun, qora qo’llarni qora tanada farqlash qiyin bo’lgan. Oq qo’lqoplar esa qo’lni va qo’l harakatlarini farqlashga katta yordam bergan.

“Insoniylashtirish”

“Bizlar Mickey Mousega sichqon qo’llarini emas, balki inson qo’llarini berishni istadik va unga qo’lqop ham berdik” – deb Walt Disney ta’kidlab o’tgan.

Multqahramonlarga qo’lqop berish muvaffaqiyatli chiqdi va bu narsa Disneyning boshqa multfilmlarida ham ishlatila boshlandi.

mc2

Manba: Brightside

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. aytimman

    zo’r

  2. Fazo.tv

    Salom aytimman! Katta rahmat. Biz bilan qolasiz degan umiddaman smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social