N`yu-york ko`chalarida smartfonlarni zaryadlab olish mumkin

N`yu-york ko`chalarida smartfonlarni zaryadlab olish mumkin

N`yu – york ko`chalarida quyosh batareyalarini o`rnata boshlashdi. Endilikda bu quyosh batareyalari orqali uyali telefon va smartfonlarni ko`chaning o`zida turib zaryadlash imkoni mavjud.

The New York Times xabariga ko`ra, bu loyihaning tashabbuskorlari mahalliy dizaynerlar va mamlakatdagi yirik uyali aloqa operatorlari: shahar mehmonlari va mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida bu ishga qo`l urishgan. Ular bu stantsiyalarga Street Charge  deb nom berishdi. Street Charge orqali odamlar ko`chaning o`zida uyali telefon va smartfonlarini bemalol zaryadlashlari mumkin. Har bir bunday stantsiya bir vaqtning o`zida oltita moslamani zaryadlash imkonini beradi.

Bu stantsiyalar quyoshli kunlarda yaxshi ishlaydi, ammo juda muxtoj bo`lgan paytlarda moslamalarni kechki payt ham zaryadlab olish mumkin bo`ladi. Street Charge foydalanuvchilari ko`plab Android va Windows Phone smartfon modellarini zaryadlashlari mumkin.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hi-tech

    шунисига хар дойим к,ойил к,олганман америкаликлар инсон к,улайлиги учун барча нарсани к,илишади

  2. 7778

    keyin esa bowqalar ulardan ko’chiriwadi smile bu odatga aylanib qolgan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social