Olimlar inson miyasini aldashga qodir yangi kartinani yaratishdi

Olimlar inson miyasini aldashga qodir yangi kartinani yaratishdi

Internetda “kengayayotgan tuynuk” surati keng tarqaldi. Bir qarashda uning markaziy qora qismi kengagayotgandek taassurot uyg‘otadi. Neuroscience News’ning yozishicha, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar ilm-fan uchun yangilik bo‘lgan mazkur illyuziyani 86 foiz odam rostdan ham kengayayotgandek qabul qilishi ma’lum bo‘lgan.

“ ‘Kengayayotgan tuynuk’ — bu juda dinamik illyuziya. Markaziy qismdagi aylana dog‘ yoki soya gradiyent optik oqimning qabul qilinishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, kuzatuvchi tuynuk yoki tunnel ichiga kirib ketayotgandek his qiladi o‘zini”, — deydi Oslo universitetining psixologiya fakulteti professori Bruno Laeng.

Optik illyuziya — bu hech qanday ilmiy qiziqishga ega bo‘lmagan nayranglar emas. Psixosotsiologiya sohasidagi tadqiqotchilar ularni insonning vizual dunyoni va murakkab jarayonlarni yaxshiroq tushunishda o‘rganadi.

Frontiers in Human Neuroscience jurnalida e’lon qilingan yangi tadqiqotda Laeng va uning hamkasblari “kengayayotgan tuynuk” illyuziyasi inson miyasini aldash uchun naqadar yaxshiligi va bu hatto qorachiqlarning kengayish refleksini ham yuzaga keltirishini ko‘rsatib bergan. Bu tasvirga qaralganida qorachiqlar diametrining o‘zgarish jarayoni ko‘zga tushayotgan yorug‘lik intensivligida o‘zgarishidan dalolat beradi. Yorug‘ vaqtda qorachiqlar torayadi, kam yoritilgan holatda esa kengayadi.

Olimlar kadr kadr markaziga turli rangdagi “tuynuk”larni joylashtirib tajriba o‘tkazgan: ko‘k, havorang, yashil, alvon rang, qizil, sariq va oq. Ammo illyuziya tuynuk qora rangda bo‘lganida ancha samarali ekani aniqlangan.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Usman

    rostanam kattalawvotti wacko

  2. Тимур

    ниче себе

  3. Otabek

    nimaga unaqa buvotti????

  4. Aziza

    klass

  5. Шокир

    вау

  6. Sumayya

    sorry

  7. Shokir

    good

  8. Ubaydullo

    rostanam kottalawvotti kuu

  9. ❤️

    Bu rasmga qaraganda koʻzim yoshlanyapti. Bu nima sababdan boʻlyapti unknw

  10. Aziza

    Kuzga zararli busa kere, mandayam wu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social