Opera brauzeri ichida mashxur messenjerlar o’rnatildi

Opera brauzeri ichida mashxur messenjerlar o’rnatildi

Opera brauzeri “Reborn” nomli 45.0 versiyasi yangilanishiga ega bo’ldi. Ishlab chiqaruvchilar nafaqat qiyofasini o’zgartirishdi, balki juda foydali funksiyalarni kiritish uchun ham harakat qilishdi.

Yangi brauzerda yangi ikonkalar, yangilangan fon rasmi, yangi mavzularni va animatsiya effektlarini yaratish kabi funksiyalar mavjud. Shuningdek,  ushbu versiyada foydalanuvchilar orasida mashhur bo’lgan messendjerlar ham o’rnatilganlar.

17

To’g’ridan-to’g’ri dasturda yon panel paydo bo’ldi, u to’g’ridan Facebook Messenger, WhatsApp va Telegram ga kirish imkoniyatini beradi. Ilovalar bilan boshqarish maxsus tugmalar bilan taqdim etiladi.

Yangilangan Opera Windows, Mac va Linux tizimlarida ishlaydi va hozirgi kunda kompaniyaning rasmiy veb-saytidan yuklab olish mumkin.

Manba: 24gadget

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social