«Oskar-2022» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

«Oskar-2022» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

AQShda «Oskar» mukofotining 94-marosimida Uill Smitt eng yaxshi aktyor va Jessika Chesteyn yilning eng yaxshi aktrisasi deb e’lon qilindi. Eng yaxshi badiiy film nominatsiyasida «CODA» e’tirof etildi. «Dyuna» filmi 6 ta «Oskar»ga ega chiqdi.

AQShning Los-Anjeles shahrida Dolby Theatre binosida dunyodagi eng obro‘li kino mukofotlaridan biri «Oskar» mukofoti 94-marotaba turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga topshirildi.

Eng yaxshi badiiy film — «CODA: Kar ota-onalarning farzandi» bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi aktyori «Qirol Richard» filmidagi roli uchun Uill Smitt, eng yaxshi aktrisasi sifatida esa Jessika Chesteyn «Temmi Feyning ko‘zlari» filmidagi roli uchun «Oskar» mukofotiga loyiq topildi.

«It kuchi» filmi rejissyori Jeyn Kempion eng yaxshi rejissyor deb tan olindi. Disney studiyasining «Enkanto» multfilmi энг yaxshi animatsion film nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

«Dyuna» filmi ijodkorlari turli xil nominatsiyalarda 6 ta «Oskar»ga ega chiqishdi.

«Oskar-2021» mukofoti sovrindorlari:

  • Eng yaxshi badiiy film — «CODA: Kar ota-onalarning farzandi;
  • Eng yaxshi aktyor — Uill Smitt («Qirol Richard» filmi);
  • Eng yaxshi aktrisa — Jessika Chesteyn («Temmi Feyning ko‘zlari»);
  • Eng yaxshi rejissyor — Jeyn Kempion «It kuchi» filmi;
  • Eng yaxshi operatorlik ishi — Greg Freyzer («Dyuna»);
  • Eng yaxshi animatsion film — «Enkanto» (Disney);
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa — Ariana Debos («Vest sayd hikoyasi»);
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor — Troy Kotzur («CODA: Kar ota-onalarning farzandi»);
  • Eng yaxshi xorijiy badiiy film — «Mashinamni hayda»;
  • Eng yaxshi liboslar dizayni — «Kruella»;
  • Eng yaxshi «makeup» va soch turmagi — «Temmi Feyning ko‘zlari»;
  • Eng yaxshi vizual effektlar — «Dyuna»;
  • Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Oynatozalagich» (ispan rejisseri Alberto Melgo);
  • Eng yaxshi qisqa metrajli film — «Uzoq xayrlashuv»;
  • Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Basketbol malikasi»;
  • Eng yaxshi original saundtrek — «Dyuna»;
  • Eng yaxshi montaj — «Dyuna».
Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. sarvar

    uil smit yaxwigina sobtiku rofl

  2. Umida

    kiss kiss kiss kiss kiss kiss kiss kiss kiss

  3. Shokir

    Uill smit molodec!

  4. Kamila

    Timote kiss

  5. Usmonov

    good zur

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social