O`zbek oshining 39 qonuni

O`zbek oshining 39 qonuni

1. O`zbek oshi tovuqdan qilinmaydi.

2. O`zbek oshi baliqdan ham qilinmaydi.

3.  O`zbek oshi cho`chqa go`shtidan ham qilinmaydi.

4. O`zbek oshi kastryulkada qilinmaydi.

5. O`zbek oshi – bu bo`tqa emas.

6. O`zbek oshi – bu shovlya ham emas.

7. O`zbek oshini qo`l bilan eyish mumkin.

8. O`zbek oshi O`rta Osiyoning eng qadimiy taomidir.

9. O`zbek oshi pahta yog`ida juda yaxshi chiqadi.

10. O`zbek oshi behi bilan juda mazzali.

11. O`zbek oshini har qanday joyda tayyorlash mumkin.

12. O`zbek oshini erkaklar yaxshiroq tayyorlashadi.

13. O`zbek oshini salatlar bilan iste`mol qilinadi.

14. O`zbek oshi O`zbekistonning “vizit” kartochkasidir.

15. O`zbek oshi o`choqda qilinganda juda ajoyib “aromat”ga ega bo`ladi.

16. O`zbek oshi o`zbek mehmondorchilikning asosiy mohiyatidir.

17. O`zbek oshi YaGONA – mmm… klassikaa.

18. O`zbek oshini tarihiy qahramonlar ham eyishgan.

19. O`zbek oshi hech qachon ko`p bo`lmaydi.

20. O`zbek oshi har o`zbek to`yida bor.

21. O`zbek oshi aynan o`zbeklar tomonidan o`ylab topilgan.

22. O`zbek oshi hamma oshlar Shohidir.

23. O`zbek oshi O`zbekiston viliyatida turli xildir.

24. O`zbek oshi Toshkentda deyarli sabzisiz.

25. O`zbek oshi o`zbek tilda Osh deyiladi – ya`ni Ovqat.

26. O`zbek oshi 20 asrning 20-yilgacha boylarning hordig`i bo`lgan.

27. O`zbek oshi Toshkentda katta “portsiyasi” qazi, bedana tuhum va achchik-chuchuk salatlar bilan 4 dollar atrofida turadi.

28. O`zbek oshining Toshkentda markazlari bor (Til o`rganish markaziga o`xshab).

29. O`zbek oshi – eng foydali.

30. O`zbek oshini yoz kunlarda issiqina choy bilan eyishadi.

31. O`zbek oshi bu ta`m sinfoniyasidir.

32. O`zbek oshi har qanday urishni to`xtatadi “chunki oshqozon ovqatlanishga chorlaydi”.

33.O`zbek oshidan qolgan qozondagi yog` A va E vitaminlarga boy, u teringizni yumshoq va ipakdey mayin qiladi.

34. O`zbek oshi oqsil, uglevod va yog`larga ega.

35. O`zbek oshi hech qanday sun`iy moddalarga ega emas.

36. O`zbek oshi “paketlarda” sotilmayda, lekin “konservada” paydo bo`ldi.

37. O`zbek oshini qilolmagan qo`llar uni boshqa o`zbek taomga aylantiradi qo`yadi – shovlya.

38. O`zbek oshini barcha birdek sevadi!

39. O`zbek oshi – ohh.. men ham sevaman!

Senchi? O`zbek oshini sevasanmi?

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    kanechna sevaman, yana surisiz a )))

  2. uzboy

    uzbe bulib oshshi yaxshi kurib yemagan odam bumasa kere

  3. Plov

    Agar o’zbek oshi qo’y dumbasidan bo’lsa bormi? Mmmmm nishtyakde

  4. MOXI

    Ow kutarma bow

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social