O‘zbekistonda quyosh tutilish hodisasi kuzatiladi

O‘zbekistonda quyosh tutilish hodisasi kuzatiladi

Seshanba, 25oktyabr kuni Yer yuzi aholisi qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin.

Ushbu tutilish qisman Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 82 foizini to‘sadi. Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, O‘zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.

Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G‘arbiy Sibir va O‘rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.

O‘zbekistonning hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi. Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68 foizgacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Quyoshning botib ketishi tufayli ba’zi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo‘ladi.

O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68 foizini to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21 darajani tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to‘g‘ri keladi.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Булутлани оркасидан нимаям куринарди

  2. Yunus

    Uwani etin

  3. Aziza

    Kurinsa zur bulardi

  4. Sadi

    zur

  5. Otabek

    Timur mana quyowam 4iqdi, kuroliz endi

  6. Тимур

    Рахмат.

  7. Otabek

    Zakazizi bajardim)

  8. Тимур

    Куринмади барибир

  9. Otabek

    Ha… yomgir quyvordi oxiri, lekin havo zur buldi

  10. Imona

    Bulutla orqasidan zur kurindi

  11. Farrux

    search

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social