O`zMTRK qoshida yangi “Navo” hamda “Kinoteatr” kanallari ishga tushadi

O`zMTRK qoshida yangi “Navo” hamda “Kinoteatr” kanallari ishga tushadi

O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi to`rtta yangi telekanalni ishga tushirishni rejalashtirilmoqda. Yangi kanallar hozirda mavjud telekanallar bazasida ochilib, turli yo`nalishlarda faoliyat yuritadi. Shu jumladan, “O`zbekiston” telekanali bazasida “Oilaviy” kanali, “Toshkent” telekanali qoshida musiqiy “Navo”, “Yoshlar” bazasida kino mavzusidagi “Kinoteatr”, “Madaniyat va Ma`rifat” qoshida esa respublikadagi barcha viloyatlar hayotiga oid ko`rsatuvlarni uzatish bilan shug`ullanuvchi “Hududlar” telekanallari paydo bo`ladi.

O`zMTRKdagi manbalarning ma`lum qilishicha, “Toshkent” telekanali bazasida tashkil qilingan musiqiy “Navo” va “Yoshlar” qoshidagi kino mavzusiga bag`ishlangan “Kinoteatr” kanallari 14-noyabr kuni 17:00 dan 23:00 gacha efirga chiqadi. Mazkur telekanallarning barchasi o`z ko`rsatuvlarini raqamli formatda namoyish qiladi.

Ma`lumotlarga qaraganda, “O`zbekiston” telekanali bazasida “Oilaviy”, “Madaniyat va Ma`rifat” qoshida “Hududlar” telekanallarini ishga tushirish ustida ham ish olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, so`ngi yillarda O`zMTRK qoshida turli telekanallar ko`payib bormoqda. 2013 yilning yanvar oyida “Madaniyat va Ma`rifat” shuningdek “Dunyo bo`ylab” telekanallar va yoz oylarida esa “Yoshlar” telekanali qoshida “Bolojon” telekanali o`z faoliyatini boshlagan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    бошка каналар качон кайтиб келади? НТТ ва Форум? шундай яхши каналар ек булиб кетди!

  2. sHox

    eskirib ketgan mavzular …..

  3. Ilyos

    NTT va Forum TV manimcha eskirmagan. ular uzbek teledasturni yangi darajaga kutarishdi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social