Pekinda ko`p qavatli turar joy tomiga bog`li koshona qurishdi

Pekinda ko`p qavatli turar joy tomiga bog`li koshona qurishdi

Pekinda yashovchi shaxs o`zi istiqomat qiladigan ko`p qavatli turar joyning tomiga bog`li koshona qurgan. Qizzig`i shundaki, bu shaxs bog`li koshonani qurish uchun xech kimdan ruxsat olmagan. Shu sabab shahar boshqarmasi bu shaxsga 15 kun ichida koshonani buzib tashashini va ko`p qavatli turar joy tomini tozalashi haqida ogohlantirishgan, aks holda bu bog`li koshonani o`zlari yo`q qilishini aytib o`tishgan.

Bu koshona 26 qavatli turar joy tomida 6 yil maboynida qurib bitkazilgan. Koshona bog` va yasama tog`dan iborat bo`lib, umumiy 800 kvadrat metr joyni egallagan. Bog`li koshonada yana pavil`on va video kuzatuv tizimi ham mavjud.

Imorat o`zining ajoyibligi bilan ko`pchilikni o`ziga jalb qilmoqda. Kimlardir bu koshonani ma`qul topib, uni shahar ko`rkiga ko`rk qo`shishi va shahar havosini tozalashda bog`ning foydali ekanligini aytib o`tishayotgan bo`lsalar, ko`p qavatli turar joyda yashovchi oilalar esa bunga mutloqa qarshi chiqishmoqda. Ular tomga ortiqcha og`ir toshlar ortirilganligidan xavotirdalar va shu bilan ko`p qavatli turar joyda yashovchi qolgan oilalarning xavfsizligi uchun ham qayg`urishmoqda.

Shahar boshqarmasi xodimi aytishicha, ruxsatsiz qurilgan bu bog`li koshona ko`p qavatli turar joyning 2605 kvartira egasiga tegishli. Shahar boshqarmasi xodimi so`zlariga qaraganda, ular bu kvartira egasi bilan 2008 yildan buyon bog`lanishga harakat qilishayotgan ekan. Lekin shu vaqtgacha u bilan bog`lanish imkoni bo`lmagan. Yaqinda ham shahar boshqarmasi xodimlari 2605 kvartira egasi bilan bog`lanishga harakat qilishgan, lekin bu safar ham hech kim javob bermagan. Shundan keyin shahar boshqarmasi xodimlari uy eshigiga ogohlantirish xatini qoldirib ketishgan. Ushbu xatda kvartira egasini tomdagi koshonani 27 avgust kunigacha olib tashlashi haqida ogohlantirishgan.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. tamerlan

    bir zilzila va uy tamom

  2. jahon

    qiziq qanday qilib u shunday toshlarni yuqoriga olib chikdi? boyvachani qarindoshi bulsa kerak ))) tanish bilish smile

  3. 159

    Eng qizziq tarafi shuki mahalliy boshqaruv organlari yo bo’masam qo’shnilayam bunday bahaybat manzarani qurib bitgunga qadar g’ing demasdan turishgan

  4. uz

    xammasi bitishni kutgan bulsa kerak,shunday keyin xammasin yuqoridan echish qiziq bularmidi )))

  5. jamshid

    zo’r quribdi, lekin toshlar bo’midi-de, og’irlik qiladi

  6. Исмингиз

    Oldiniga qo’shnilari indamagan. Keyin qarasa juda ham chiroyli koshna qurilgan. Keyin qo’shnilari ko’rolmasdan arz qilgan bo’sa kerak. Ammo man qoyil qoldim. Zo’r quribdi!!!

  7. а

    тугри чиройли манзара, койил колдим уй эгасига хитойдек давлатда хеч кимдан рухсатсиш шундай кошонани курганига, юрагиям юрак эканде

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social