Pistani yaxshi ko’rasizmi? Sizningcha, ular foydali bo’lishi mumkinmi?

Pistani yaxshi ko’rasizmi? Sizningcha, ular foydali bo’lishi mumkinmi?

Men hali kungaboqar pistasini yoqtirmagan insonni uchratmadim. Ammo ko’pchilik ularni yomon odat deb bilishadi! Ha, biz inkor qilmaymiz, balki pistalar bizga zarar yetkazishi mumkin. Lekin hozir bu haqida emas, balki ularning foydali xususiyatlarini aytmoqchiman. Ha, bu yomon odat foydali narsalarga ega!

Ajablanarlisi shuki, ular tananing eng muhim organlaridan biriga – yurakga foyda beradi. Vaqt o’tib, organizmdagi arteriyalar va qon tomirlari tiqilib qoladi. Shuning uchun, yurak-qon tomir tizimining sog’lig’ini saqlab qolish uchun pistalarda mavjud bo’lgan aminokislota, arginin kerak bo’ladi. Shunday qilib, pistalar arteriya va qon tomirlarini tozalash va mustahkamlashga yordam berar ekan.

Bunaqasini eshitaman deb o’ylamagansiz, to’g’rimi?

Siz pistalarda yana qanday boshqa foydali narsalar bor deb so’rashingiz mumkin. Pistalar:

– minerallar va vitaminlar ega;

– B1 va E vitaminlari;

– 100 gr pista 270 ml fitosterolni o’z ichiga oladi (qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi);

– immun tizimini mustahkamlaydi;

– yallig’lanishning oldini oladi;

– ichaklarni tozalaydi;

– kaltsiy, magniy va fosforni o’z ichiga oladi;

Ho’sh, pistalarning eng muhim va zarur xususiyati shundaki, siz do’stlar bilan birgalikda o’yin davomida yoki film tomosha qilayotganingizda yaxshi vaqt o’tkazishingiz mumkin.

Endi pistalarning foydali xususiyatlarni bilib, zararli xususiyatlar haqida ham unutmaslikni maslahat beramiz!

Sizga yaxshi kayfiyat tilab qolamiz)))

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ❤️

    Pista insoni stressdan chiqarishga yordam beradi va uning yomon tomoni deyarli boʻlmasa kerak bir tomoni uni tomon qilmaguncha inson qancha harakat qilmasin baribir toʻxtata olmaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social