Poytaxtda dushanba kuni 4 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi prognoz qilinmoqda

Poytaxtda dushanba kuni 4 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi prognoz qilinmoqda

Dushanba kuni Toshkent shahrida 3 soat davomida 4 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar ko‘proq aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

Dushanba kuni Toshkentda tushga yaqin 3 soatlik muddat oralig‘ida G3 darajalik 4 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» mutaxassisi Erkin Abdulahadov xabar berdi.

«Magnit bo‘roni yuqori faolligi tush paytiga to‘g‘ri kelayotgani uchun bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish ratsioniga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi», — deb yozdi u.

Magnit bo‘ronlarining G3 darajasi kuzvtilgan davrda ko‘pchilikda bosh qismining orqa tomonida biroz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi holatni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.

SSV bosh nevrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidovaning ta’kidlashicha, magnit bo‘roni inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bundan ayniqsa, arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.

«Magnit bo‘roni bronxial astma bilan og‘rigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan. Shunday ekan, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qaratish lozim. Ko‘proq ho‘l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan banan va boshqa sitrus ne’matlardan iste’mol qilish zarur», — dedi u.

Uning ta’kidlashicha, surunkali kasalliklarga chalinganlar o‘zlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim. «Kun davomida bir marta dush qabul qilish ham katta foyda beradi. Qon bosimidan shikoyati bor bemorlar ko‘proq suv ichib, sho‘r taomlarni kamroq iste’mol qilganlari ma’qul. Chunki tuz qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi», — dedi SSV bosh nevrologi.

Magnit bo‘ronlari — kompas magnit milining surilishini qo‘zg‘atuvchi Yer magnit maydonining keskin o‘zgarishi hisoblanadi. Magnit bo‘ronlari bir vaqtda Yer yuzining katta hududlarida, ba’zan butun Yer yuzida kuzatiladi. U ko‘pincha, tun vaqtiga to‘g‘ri keladi va odatda, qutbiy yog‘du, momaqaldiroq, zilzila paytida sodir bo‘ladi hamda har 11 yilda kuzatiladigan Quyosh faolligining kuchayishi davrida tez-tez takrorlanib turadi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Азизхон

    бош ориркандэ деме

  2. Samandar

    wacko

  3. Aziza

    sezilvotti sad

  4. Mansurova

    ke4a rosa bowim oridi

  5. Karima

    hoziram orivotti, nima qisa buladi?

  6. Тимур

    чой ичин

  7. Karima

    utib ketdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social