“Pul ishlab topish uchun o‘yna”. Millionlab odamlar o‘z ish joylarini virtual maydonga o‘zgartiryapti

“Pul ishlab topish uchun o‘yna”. Millionlab odamlar o‘z ish joylarini virtual maydonga o‘zgartiryapti

Blokcheyn madaniyatining eng katta ijobiy tomoni shundaki, uning ko‘plab tarmoqlari, NFT’da allaqachon boshlanib, metaolamda ham tez kunlarda boshlanadigan “mass adoption” (ommaviy tatbiq etish) darajasiga hali yetmagan, deb yozadi Forbes.

P2E (“play to earn” qisqartmasidan kelib chiqqan – “pul ishlab topish uchun o‘yna”) — bu o‘zaro avatarlar bilan kurashish orqali foydalanuvchilarga kriptovalyutalar ishlab topish imkonini beruvchi o‘yin sanoatidagi yangi sektor.

DeFi (markazlashtirilmagan moliyalar) — bu blokcheyn asosidagi maxsus ilovalar va moliyaviy xizmatlar to‘plami. DeFi’ning o‘ziga xos jihati shundaki, foydalanuvchilar texnologiyalar, dasturiy kodlar va shifrlash algoritmlariga to‘liq tayanadi.

P2E — ommaviy foydalanuvchilar e’tiboridan yashiringan mavzulardan biri. P2E o‘yinchilarga pul ishlab topish, virtual personajlar va raqamli ko‘chmas mulkni rivojlantirish bo‘yicha biznes yaratishga imkon beruvchi blokcheyn loyihalaridir.

Osiyo mamlakatlaridagi millionlab odamlar o‘z ish joylarini 2021-yili kriptovalyutalar kapitallashuvi besh baravarga oshishi natijasida “yomg‘irdan so‘ng qo‘ziqorindek paydo bo‘ladigan” virtual maydonga o‘zgartirdilar.

Aslida P2E – o‘yinlar, metaolam va DeFi’dan (blokcheynda yaratilgan an’anaviy moliyaviy instrumentlar analogi) tashkil topgan aralashma. Bu yerdagi asosiy maqsad muloqot qilish emas, balki daromad topishdan iborat bo‘lganligi uchun ham u metaolamdan ajralib turadi.

Ularni DeFi bilan solishtiradigan bo‘lsak, P2E’da daromaddan tashqari, katta o‘yin va madaniyat komponentlari mavjuddir.

Odamlar qanday qilib pul ishlay boshlashdi?

P2E o‘yinlarining ommalashuvini ushbu o‘yinlardan biri bo‘lmish – Axie Infinity’ning kapitallashuvi orqali ham izohlash mumkin. 2018-yilda ishga tushirilgan loyiha hozir 10 million faol o‘yinchilarga ega. 2021-yilda o‘yin 29,9 mlrd dollarga baholangan.

Axie Infinity’ning bosh qahramonlari Aksi deb nomlanadi. O‘yinni boshlash uchun dastlab uchta Aksi sotib olish kerak  – boshlang‘ich to‘plam 300-400 dollarga taqaladi.

Uchta Aksidan iborat jamoa sotib olingandan so‘ng, ishtirokchida ulardan turlicha foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Har kunlik kvestlar o‘tkazish, boshqa o‘yinchilar bilan kurashish va o‘zaro birlashish mumkin.

Aksining ko‘plab avlodlari bo‘lib, ulardan eng arzoni Genesis kamida 6000 dollarga baholanadi, kamyob va kuchlilari esa 600 000 dollardan 900 000 dollargacha sotiladi.

Kunlik kvestlarni bajarish va boshqa Aksilar bilan kurashish orqali o‘yinchi ikki turdagi – SLP va AXS kriptovalyutalarga ega bo‘lishi mumkin.

Daromadlar kriptovalyuta kursiga bog‘liq, biroq oddiy o‘yinchilar kuniga 10-15 dollar va oyiga 400 dollar topish mumkinligi haqida gapirishadi.

Pufakmi yoki yo‘q?

Bu tashqaridan qaraganda pufakdek ko‘rinishi mumkin.

Ko‘plab P2E o‘yinlarida bir necha pul oqimlari mavjud, iqtisodiy modellar esa real hayotdagi kabidir. Masalan, badavlat insonning unga obro‘ yoki daromad keltiruvchi yaxtasi yoki tulpori bo‘ladi.

Ular mablag‘ talab etadigan parvarish yoki xizmat ko‘rsatishni taqozo etadi. Xo‘jayinlar o‘zlari uchun unchalik katta bo‘lmagan summani to‘lab, evaziga bir necha baravar ko‘prog‘ini olishadi. P2E’dagi aktivlar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin.

P2E’da hech bo‘lmaganda biron nimaga (obro‘ yoki daromad) ega bo‘lish uchun kimnidir yollash va unga pul to‘lash yoki bu bilan shaxsan shug‘ullanish mumkin.

Blokcheyn va raqamlashtirish yangi imkoniyatlarni olib keladi. Hattoki besh yil avval “raqamli ko‘chmas mulk” tushunchasi ham uni ijaraga berish ham yo‘q edi, ijtimoiy holatni raqamli suratni sotib olish orqali ko‘rsatish esa g‘ayritabiiy ko‘rinar edi.

2021-yili ikkala asosiy metaolamdagi raqamli ko‘chmas mulk 500 mln dollarga sotildi, NFT tokenlarning savdo hajmi  2022-yil yanvar oyi uchun 6 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Aslini olganda, metaolam va NFT kabi har qanday P2E o‘yinlari kriptovalyutalarning ommalashuvini kuchaytiruvchi vositalardir.

Yaqinda eng yirik kriptovalyutalardan biri bo‘lgan Polygon’da P2E bo‘yicha hattoki maxsus yo‘nalish ochilib, ishlab chiqilgan loyihalarga grantlar taqdim etilmoqda.

Blokcheynlarning raqobatlashishi 1980-yillardagi operatsion tizimlarning yoki 2000-yillardagi brauzerlarning qarama-qarshiligini yodga soladi. P2E tamoyillari, ehtimol, metaolamning muhim elementiga aylanishi mumkin.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nozim

    rostanam pul iwlasa buladimi demak? bir uynab kuraman

  2. Gulrux

    smile manga yoqdi wu iw

  3. Shaxzod

    bizadayam uynasa buladimi? karta keremi bunga?

  4. Iroda

    smile

  5. Yulduz

    manga yoqdi, visa kartam bor, endi uynab kuraman

  6. Otabek

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social