Qo‘qonda ishlab chiqariladigan elektromobillar 150 kilometr masofani bosib o‘ta oladi

Qo‘qonda ishlab chiqariladigan elektromobillar 150 kilometr masofani bosib o‘ta oladi

Yiliga 2 ming dona elektromobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda

Prezidentning Qo‘qonga tashrifi chog‘ida “Shaffof omadli sanoat” qo‘shma korxonasida eletromobillar ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Xitoyning “Silk road company” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etiladigan mazkur yangi quvvat uchun hozirda 3 gektar maydon ajratilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 30 mln $ bo‘lib, uning 24 million $i xorijiy investitsiyadir.

Elektromobillar bir marta quvvatlantirilgandan so‘ng 150 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Mazkur loyiha ishga tushsa, yiliga 2 ming dona elektromobil ishlab chiqariladi.

Ekologik toza elektromobillar narxi 3 ming $ atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Bu Qo‘qon EIZ hududida eletromobil ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi loyiha emas. May oyida EIZ hududida Hyundai elektromobillari ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi. Loyiha ishga tushirilishi 2023 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati 10 ming elektromobilni tashkil etadi.

Ilgari Spot Innovatsion rivojlanish vazirligi E-Line Kazakhstan kompaniyasi bilan elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi.

 

Spot.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social