Ronaldoning qiyofadoshi

Ronaldoning qiyofadoshi

9 aprel kuni futbol bo`yicha Evropa chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasida Turkiyaning “Galatasaroy” va Madridning “Real” jamoalari o`rtasida bo`lib o`tgan o`yinda 3-2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo`lgan edi. Ammo ikki o`yin natijasiga ko`ra “Real” klubi yarim finalga yo`l oldi.

Uchrashuv yakuniga etgach “Turk Telekom Arena” stadionini tark etayotgan qirollik klubi a`zosi Krishtianu Ronalduni tashqarida Istanbulga atayin Adana shahridan kelgan Go`kmen Akdog`an bilan uchrashdi. Tashqi ko`rinishi mashhur futbol yulduziga juda o`xshab ketadigan turkiyalik yosh yigitcha Ronaldu bilan nihoyat uchrashish baxtiga muyassar bo`ldi.

Go`kmen Akdog`an avvallari ham portugaliyalik futbolchi bilan ko`rishishga urinib ko`rgan, biroq buning uddasidan chiqolmagandi. Mana bu safar yosh yigitchaning orzusi ushaldi. Madrid jamoasi avtobusi yonida intiqlik bilan kutib  turgan Go`kmen Ronaldo bilan tanishib oldi, uni bir necha bor bag`riga bosib ma`lum muddat o`zini qaxramonlardek his etdi.

Katta hayajon bilan Ronaldoga o`zini tanishtirgan Go`kmen , unga o`xshashidan baxtiyor ekanligini bot-bot takrorladi. O`z navbatida Ronaldu ham uni bag`riga bosib, tanishganidan hursand ekanligini aytdi va Go`kmenga omad tiladi. 

Video:


Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. S91

    O’xshash chexralarku…

  2. a

    киззик, шу бола уз акасини шундай кучоклаганмикин?

  3. 159

    bechora bola oxiri niyatiga etibtida

  4. Номаълум

    aka-ukaga o’xshaydi.

  5. xasan jo'ramurodov

    to’g’ri aytasiz qiyofadoshi ko’p ROnalDONI

  6. xasan jo'ramurodov

    messi ni ham qiyofadoshi xam ko’p .. TERMIZDA xam ronadoga o’xshaydigannini ko/rganman

  7. Anvar

    Qiziq, uning rasmi yo’qmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social