Rossiya Facebook va Twitter`ni bloklashni boshladi

Rossiya Facebook va Twitter`ni bloklashni boshladi

Roskomnadzor «Rossiya OAVlari diskriminatsiyasi» tufayli Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirishni bloklashni boshladi. Twitter ham taqiq ostida qoldi.

4 mart kuni Roskomnadzor Rossiya hududida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga (Meta kompaniyasiga tegishli) kirishni bloklashga qaror qildi.

Xizmat xabariga ko‘ra, bunga Rossiya OAVlariga nisbatan 26 ta kamsitish holatlari sabab bo‘lgan. Shu jumladan mamlakatdagi «Zvezda» telekanali, «RIA Novosti» axborot agentligi, Sputnik, Russia Today, shuningdek, «Lenta.ru» va «Gazeta.ru» axborot resurslari akkauntlariga kirish cheklangan.

Meta vitse-prezidenti Nik Kleggning aytishicha, «tez orada millionlab oddiy rossiyaliklar tasdiqlangan ma’lumotlardan uzilib qolishadi, oilasi va do‘stlari bilan kundalik muloqot qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishadi va ularni sukut saqlashga majburlashmoqda».

«Biz o‘z xizmatlarimiz odamlar uchun mavjud bo‘lishida, ular o‘z fikrlarini xavfsiz ifoda eta olishi va o‘z harakatlarini ochiq bajara olishi uchun xizmatlarimizni tiklash maqsadida barcha chorani ko‘rishda davom etamiz», — dedi u.

Roskomnadzor 25 fevral kunidan trafikni sekinlashtirish orqali Facebook`ga kirishni cheklay boshlagandi. Regulyator Facebook`ning ayrim rus OAVlari tarqatgan materiallar ostida «ishonchsiz» degan belgi qoldirishni boshlaganidan va auditoriyani kamaytirish maqsadida nashrlarning qidiruv natijalariga texnik cheklovlar qo‘yganidan norozi bo‘lgan.

Roskomnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada Twitter`ga kirish «Bosh prokuraturaning 2022 yil 24 fevralda qabul qilingan qaroriga ko‘ra» cheklangan.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nosir

    Bizadayam bloklawarmikan?

  2. Kozimov

    ahvoli 4iqadi rassiyani

  3. Manzura

    vay vooo, tiktok iwlasa buldi

  4. Odil

    bugundan tiktokam iwlami quydi… uyga qaytimi deyapman endi

  5. Komiljon

    unknw

  6. Umid

    hamma narsa yopilvotti…

  7. Ozodbek

    rofl instagramam u4di endi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social