Saraton!

Saraton!

Britaniyalik tadqiqotchilarning aytishlaricha, agar insonlarning hayot tarzlari o`zgartirilsa, saraton xastaligiga chalinish hollarini qariyb yarmiga qisqartirish mumkin ekan.

/>Ular tomonidan e`lon qilingan yangi hisobotga ko`ra, ushbu kasallikka me`yoridan ortiq chekish, spirtli ichimliklar iste`mol qilish va noto`g`ri ovqatlanish sabab bo`ladi.

Britaniyada yiliga 130.000 ta saraton xastaligi aniqlanadi.Mahalliy mutaxassislarga ko`ra, bunga eng ko`p chekish sabab bo`ladi. Bundan keyingi omil esa, noto`g`ri ovqatlanish ekan. British Journal of Cancerda chop etilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, odamlar etarlicha sabzavot va meva-cheva iste`mol etishmaydi. Shunda ham bu muammo asosan erkaklar bilan bog`liq ekan. Xotin-qizlarda esa, vaznlarining me`riyodan ortiq ekani asosiy omil bo`lib chiqibdi.

Britaniyalik mutaxassislarga ko`ra, shu paytga qadar saraton xastaligi sabablarini aniqlash yo`lida bu qadar keng ko`lamli tadqiqot ishlarini olib borishmagan.Hisobotdan kelib chiqadigan xulosa shuki, saratondan saqlanish uchun erkaklar chekishni tashlab, ichishni kamaytirishlari va ko`proq meva-sabzavot eyishlari lozim. Ayollar ham chekishni yig`ishtirib, o`z vaznlari haqida ko`proq qayg`urishlari kerak.

Olimlar shu paytga qadar saraton xastaligini chaqiruvchi 14 ta omilni aniqlagan bo`lishsa, ularning barchasi ekologiya va turmush tarzi bilan bog`liq ekan. Demak insonning xar qanday kasalliklarga chalinishi yoki yuqturib olishi, bu insonning har qanday salbiy oqibatlarga olib keluvchi hatti harakatlariga bog`liq ekan. Sizchi dustim, hamon chekish va spirtli ichimliklarni istemol qilishni, yoki bo`lmasa o`z vaqtida ovqatlanmasdan sog`lom turmush tarzingizni buzyapsizmi?

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Шох

    саратон дегани бу ракми?

  2. нодир

    мобил телефонлардан хам саратон касаликка дуч келса буладими?

  3. Hakim

    Bekor gaplar. Odam luboy narsadan kasal bo’lishi mumkin.

  4. Номаълум

    Худо хаммангизни узи асрасин,хеч касал булманглар дустларим!

  5. мадина

    ха саратон касалик касал булган одамларга кийн буляпти

  6. мурод

    лекин хеч нимага карамасдан уларнинг хаётига умиди сунмайди.

  7. Азиз

    “””””Муаллиф: мурод – March 1, 2012
    лекин хеч нимага карамасдан уларнинг хаётига умиди сунмайди.”””””

    Мурод чиройли сузлар ёзибсиз. Сиз хаётда нимага умид киласиз?

  8. a

    умидсиз, максадсиз хаёт – хаёт эмас!

  9. Номаълум

    лекин базида инсон узини ва умид орзуларини унутади яшаш мумкин базида воз кечиш хам инсон учун энг огир нарсадир бу кун келиб уз узидан жон таслим килган бошкаю улим кунини кутиб яшаш энг огир нарсадир минг инсонлар унга ачиниб далда булишга харакат килгани билан уни дардини тушуна олмайди айтишадику ахир табиб табиб эмас бошидан утказган табиб

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social