Sardor Milano «Glavnaya stsena» superfinaliga yo`l oldi (+video)

Sardor Milano «Glavnaya stsena» superfinaliga yo`l oldi (+video)

10 aprel`, juma kuni «Glavnaya stsena» vokal shousi finali bo`lib o`tdi.Unda superfinalga chiqish uchun boshqa ishtirokchilar qatorida hamyurtimiz Sardor Milano ham kurashdi.

Sardor Fred Merkurining Queen nomli kompozitsiyasini ijro etib, tomoshabinlar va hay`at a`zolari e`tiborini qozondi.

Superfinalga har bir jamoadan bir kishidan — jami besh kishi yo`l oldi. Bular Arsen Mukendi, Aleksandr Ivanov, Kseniya Dejneva, «Moya Mishel`» guruhi va Sardor bo`ldi.

Shou g`olibi tomoshabinlar tomonidan tanlanadi. Ovoz berish natijalari keyingi hafta juma kuni e`lon qilinadi.

Video:

Manba: Daryo.uz

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Гап йук

  2. Исмингиз

    Olga Sardor. Isminga yarashadigan ish qibsan. Buyog’iga ham sardorlarcha yo’l tutgin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social