Sayyoradagi eng toza havoga ega hudud aniqlandi

Sayyoradagi eng toza havoga ega hudud aniqlandi

AQShning Kolorado shtati universiteti olimlari avsraliyalik hamkasblari bilan birgalikda sayyoradagi eng toza havoga ega hududni aniqlashdi. Ularning ta’kidlashicha, Antarktida yaqinidagi suvlarda eng toza havodan bahramand bo‘lish mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aynan shu hududda inson faoliyatining qit’alardan tarqaluvchi aerozol ifloslanish va chang ko‘rinishidagi izlari deyarli mavjud emas.

Tadqiqotchilar Tasmaniya sohillaridan Antarktida tomon suzish vaqtida havo namunalarini olib borishgan va atmosferaning quyi qatlamini ulardagi bakteriyalar bo‘yicha o‘rganishgan.  Shu tariqa mikroorganizmlarning qit’alardan o‘tishi jarayoni o‘rganilgan.

Mutaxassislar Antarktika suvlari boshqa kengliklar ta’siridan yetarlicha xoli hudud ekani haqidagi xulosaga kelishgan. Olimlar bu hududni antropogen ta’sirdan xoli hudud deb topishgan.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sardor

    Zo’r

  2. Fazo.tv

    smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social