Shotlandiyadagi daryo muzli quymoqlar bilan qoplandi

Shotlandiyadagi daryo muzli quymoqlar bilan qoplandi

Shotlandiyaning Bladnox daryosining qirg‘oqlarida quymoqlarga o‘xshash g‘alati oq disklar hosil bo‘ldi, deb xabar bermoqda Hi-Tech nashri.

Bu juda sovuq haroratdagi okeanlar, ko‘llar va daryolarda kam uchraydigan tuzilmalar — “muzli quymoqlar” deb ataladi. Ularning paydo bo‘lishida suv yuzasidagi muzlagan ko‘pik ishtirok etadi. U spiral oqimga kiradi, burishadi va qattiqlashadi, shundan keyin disklar hosil bo‘ladi. Girdobda ular bir-biri bilan bog‘lanib, kattalashib boradi.

Shotlandiya invaziv turlar tashabbusi loyihasi (SISI) menejeri va surat muallifi Kallum Sinkler: “Men avval muzli quymoqlarni ko‘rganman. Biroq ular boshqa “muzli quymoqlar”ga qaraganda mukammal shakli bilan qiziqarli edi”, — deb fikr bildirgan.

Disklar turli o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin. Ularning eng kichigi taxminan 20 santimetrni, kattasi esa 200 santimetrni tashkil etadi. Quymoqlar suratda qattiq ko‘rinishiga qaramay, aslida ularni sindirish juda oson.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Красота

  2. Aziza

    Bunaqa narsalani birin4i marta kuriwim

  3. Yorqin

    good good good

  4. Otabek

    Blin4ikmi? rofl

  5. Azamat

    Yirdim issiq blin4ikdan

  6. Otabek

    Obkelin, yimiza

  7. Azamat

    rofl

  8. Гавхар

    Лепешкага ухшиди

  9. Islom

    Qoyil

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social