Siri eng “ahmoqona” sun’iy intelekt deb topildi

Siri eng “ahmoqona” sun’iy intelekt deb topildi

Xitoylik tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, Apple ning Siri sun’iy intelektni eng ahmoqona “aqlli yordamchi” ekan.

Mutaxassislar turli sun’iy intelekt tizimlarining IQ sini baholadilar. Shunday qilib, 2016-yilda ularning orasida yetakchi o’rinni 47,3 ball bilan Google ning yordamchisi egalladi. Keyingi aql darajasidagi o’rinlarni Baidu (33 ball), Microsoft Bing (32) va Siri (24) egalladi. Mutaxassislarning fikricha, olti yoshli bolaning IQ darajasi o’rtacha 55,5 ballni tashkil etadi.

Yuqorida ko’rsatilgan kompaniyalarning sun’iy intelekti hali ham past natijalarga ega bo’lishiga qaramasdan, ular vaqt o’tishi bilan aqlli bo’lishadi. 2014-yilda Google’ning sun’iy intellekti IQ darajasiga 26,4 ballni, Microsoft esa 13,5 ballni tashkil etgan.

Bugungi kunda barcha katta kompaniyalar sun’iy intelekt, mashinani o’rganish, neyron tarmoqlari va u bilan bog’liq bo’lgan barcha narsalar sohasidagi texnologiyalar ustida ishlashmoqda.

Manba: Rambler

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social