Tarif rejalarda o`zgarish!

Tarif rejalarda o`zgarish!

O`zbekiston mobil aloqa operatorlar – MTS-O`zbekiston, “Bilayn”vaUcell – o`zlarining xizmatlari uchun  tariflar oshishi xaqida xabar berishgan.

MTS-O`zbekiston xabar berishicha, 2012 yilda 1 maydan Zvon’OK tarif rejasiga o`zgartirishlar kiritiladi.

Tarif rejasida tarmoq ichidagi chiqish qo`ng`iroqlari va abonent to`lovi o`zgaradi: tarmoq ichida chiquvchi qo`ng`iroqlar 1 daqiqadan keyin 0, shu bilan 1 daqiqa esa $0,025 bo`ladi (xozir – $0,02), kunlik abonent to`lovi esa $0,02 (xozir – $0,01). Qolgan xamma shartlar o`zgarishsiz qoladi.

“Vsem privet” tarif rejasida barcha chiquvchi qo`ng`iroqlar uchun, hamda abonent to`lovi o`zgaradi: chiquvchi qo`ng`iroq uchun 1 daqiqa $0,02 bo`ladi, har kungi abonent to`lovi esa kuniga – $0,02 tashkil etadi.

“MTS VIP” tarif rejasida kunli abonent to`lovi $0,20 dan $0,25 gacha ko`tarildi. 16 apreldan keyin “Uzoq muloqat” tarif rejasiga o`zgarishlar kiritiladi. Tarmoq ichida chiquvchi qo`ng`iroqlar ikkinchi daqiqadan keyin 0, shu bilan 1 daqiqa esa $0,02, ikkinchi daqiqadan esa $0,01.

Ucell ham xabar berishicha 2012 yili 23 apreldan boshlab Prepaid tizimidagi – GAP, “Mir Ucell”, “Bol`she obsсheniya”, “Nochnoy”, Online, “Stan` blije”, “Govori bol`she”, “Legko zapomnit`”, 3G modem tarif rejalarida abonent to`lovi NDS bilan $0,02 (xozir – $0,01).

Ucell xabarlariga qaraganda 2012 yili 5 may kunidan boshlab «Mir Ucell» tarifida 1 MB interneti $0,06 bo`ladi.

6 apreldan boshlab UcellPrepaid tizimidagi – GAP, “Mir Ucell”, “Bol`she obsсheniya”, Online, “Stan` blije”, “Dlya dela” va “Govori bol`she” tarif rejalarida birinchi daqiqaning narxini $0,02 dan $0,02,5 ga ko`tariladi.

“Bilayn”esa 2 apreldan boshlab kunli abonent narxini 2 tsentgacha AQSh volyutasida hisoblanadigan tariflar uchun va 40 sumgacha – so`m tariflariga butun tarif rejalarida oshirishadi (“Vse svoi”, “Svoi lyudi”, VIP Lux, VIP Elite, VIP Beeline i Gold Pro dan tashqari).

Eslatib o`tmoqchimiz mobil aloqa operatorlari 2012 yili yanvar oyidan o`zlarining tarif narxlarini oshirishgan. O`shanda tariflarning oshishi yuridik shaxslar uchun abonent raqamlarini ishlatish uchun to`lov kiritilgan edi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jasur

    yana baloga tushdik smile

  2. nilyu

    baloga emas schetimizga tushdik smile

  3. murod

    lekin telefon interneti ancha arzonlashdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social