TED – bu nima?

TED – bu nima?

TED (Technology Entertainment Design – Texnologiya, Hordik, Dizayn) – AQSHdagi xususiy notijorat fond hisoblanib, o’zining yillik konferensiyalari bilan mashxurdir. Birinchi konferensiya 1984-yilda Monterey shahrida (Kaliforniya, AQSH) bo’lib o’tdi. 2009-yildan boshlab esa Long Beach (Kaliforniya, AQSH) da bo’lib o’tmoqda.

Intellektual konferensiyaning maqsadi: “Noyob g’oyalarni targ’ib qilishdir” (“Ideas worth spreading”)

Ma’ruza mavzulari turli xil bo’lib, ular sirasiga ilm-fan, san’at, dizayn, siyosat, madaniyat, biznes, global masalalar, texnologiyalar va o’yin-kulgilar kiradi.

Ayni paytda, 400 dan ortiq videolar mavjud va ularni 15 million dan ortiq insonlar 100 million marotabadan ko’rib chiqishgan.

TED Ochiq Tarjima Loyihasi doirasida 8000 dan ortiq volontyorlar bir necha o’nlab tillarga ma’ruzalarni tarjima qilmoqdalar. 2012-yil oktyabr oyida 32 ming ma’ruzalar tarjima qilingan edi.

Shuningdek, siz WWW.FAZO.TV orqali eng qiziqarli TED ma’ruzalarini O’zbek subtitrlari bilan birinchilardan bo’lib kuzatishingiz mumkin. Bu sizlarga foydali bo’ladi degan umiddamiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social