Telegram video qo’ng’iroqlarni sinovdan o’tkazishni boshladi!

Telegram video qo’ng’iroqlarni sinovdan o’tkazishni boshladi!

Ovozli qo’ng’iroqlardan keyin Telegram video qo’ng’iroqlar ustida ish olib bormoqda.

Rasmiy blogda video qo’ng’iroqlarning paydo bo’lishini “Telegramning yangi davr” deb nomlashdi va ushbu funktsiya ilovaning ko’p yillik yangilanishi davomidagi mantiqiy davomi ekanini ta’kidlashdi.

Dasturchilar internet ulanish tezligiga, gadget turi va abonentlar orasidagi masofaga qaramasdan, video qo’ng’iroqlarni sifatli qilishmoqchi. Qo’ng’iroqlarning xavfsizligi uchun odatiy Telegramning end-to-end-shifrlash qo’llaniladi.

Ayni paytda video qo’ng’iroqlar vazifasiga kirish cheklangan. U faqat tasodifiy tanlangan 1500 beta testlovchilar uchungina mavjud.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social