Topishmoq: “Ayyor qirolning vazifasi”

Topishmoq: “Ayyor qirolning vazifasi”

Ikki kelishgan shahzodalar Qirolning qizini qo’lini so’rash uchun uning yoniga borishibdi.

Bunday sharafga kimning munosibligini aniqlash uchun, qirol ularga bir g’aroyib sinov beribdi:

“Qal’aning ortida bir o’rmon bor va o’sha o’rmonda ko’l bor. Otlaringizni olib, ko’lga boring. Kimning oti ko’lga oxirgi bo’lib kelsa, o’sha yosh malika qo’lini so’raydi”.

Shahzodalar qo’llaridan kelgancha asta sekin bordilar. Yetti kundan so’ng ular juda charchashdi, bir birining qo’llarini siqib va bu tashabbusdan voz kechib, orqaga qaytishdi. Orqaga qaytish yo’lida shahzodalar malika bilan uchrashishdi. Malika ularga bir nima aytish uchun otlaridan tushishni so’radi. Shahzodalar uning so’zlarini eshitib, otlarni olib va ko’l tomon tez yo’l olishibdi.

Malika ularga nima dedi?

Javob:

Ularga otlar bilan almashishni aytgan.

Qirol aytgan sinov shunday edi: “Kimning ot ko’lga oxirgi bo’lib yetib kelsa, u yosh malikaning qo’lini so’raydi”.

Gap shahzodalarda emas edi. Shahzodalar otlarni almashtirgandan so’ng, raqibning otlari o’zlarining otlaridan ko’ra tezroq borishiga umid qilib darhol ko’lga otlanishdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social