Toshkent shahrida Yangi Yil bayrami munosabati bilan mushakbozlik bo’lib o’tadi

Toshkent shahrida Yangi Yil bayrami munosabati bilan mushakbozlik bo’lib o’tadi

Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati ma’lumotlariga ko’ra, Toshkent shahrida bayram mushakbozliklari bo’lib o’tadi. Mushakbozlik 2018-yil 31-dekabrdan 2019-yil 1-yanvarga o’tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi. Bayram mushakbozligini quyidagi manzillarda jonli tomosha qilishingiz mumkin:

Yunusobod tumanida: Yangi shahar ko’chasi va Yangi Yunusobod ko’chalari kesishmasida, Yangi shahar va Bog’ishamol ko’chalari kesishmasida.

Xalqlar do’stligi maydonida: Xalqlar do’stligi maydoni, Beshyog’och maydoni, Seul hamda Bobur ko’chalarida.

Chilonzor tumanida: Bunyodkor ko’chasi va Kichik Xalqa avtomobil yo’li ko’chasi kesishmasida, Bunyodkor yo’li ko’chasi hamda “Milliy” stadionning Chilonzor va Cho’ponota ko’chalari kesishmasida joylashgan avtomobillar to’xtash joyida.

Yangi Yil mushakbozligi davomida fuqarolardan ehtiyotkorlikka e’tibor berishlari so’ralgan.

Yangi Yil mushakbozligi tomoshalari barcha telekanallar orqali jonli efirga uzatiladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social