Turnikka tortilish bo`yicha yangi dunyo rekordi o`rnatildi (+video)

Turnikka tortilish bo`yicha yangi dunyo rekordi o`rnatildi (+video)

Texasning (AQSh) Korpus-Kristi shaxrida istiqomat qiluvchi Mark Jordan kun davomida turnikga tortilib dunyo rekordini o`rnatdi va u Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

54 yoshli Jordan kun davomida  4321 marotaba turnikka tortildi. Oldingi rekord o`tgan yilda o`rnatilgan bo`lib, 4210 marotabani tashkil qilgan.

 “Men sog`liq ustida ishlash hech qachon kech emasligini barchaga ko`rsatishni xohlagan edim” – deb aytib o`tdi Mark Jordan. Uning ta`kidlashicha, ushbu natijaga erishish uchun bir yil tayyorgarlik ko`rgan.

O`tgan yilning yozida ushbu rekordni 27 yoshli Vashington shahrida yashovchi talabgor oshib o`tmoqchi bo`lgan. Biroq u faqat 3400 marotaba tortilishga muvaffaq bo`lgan.

Manba: Rambler.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social