Umar Hayyom va “Titanik”

Umar Hayyom va “Titanik”

Sarlavhani ko`rgan kishi: “Iya, Umar Hayyom qaerda‑yu, Titanik qaerda? Ularning bir biriga qanday aloqasi bor ekan?”, ‑ deb hayratlanishi tabiiy. Ha bor. Mana buyog`ini eshiting.

Buyuk Britaniyaning mashxur “Bel`fast” kemasozlik firmasi 1912 yilda o`z davri kemasozligining gultoji hisoblanib, “Asr kemasi” deb ta`riflangan, uzunligi naq 270 metr bo`lgan “Titanik” kemasini qurib bitirdi.  Angliyaning Sautkempton shahridan N`yu york tomon yo`lga chiqqan bu kema ko`p o`tmay, N`yu faundlenddan 480 kilometr janubda muztog`ga urilib, bir yarim mingdan ziyod yo`lovchisi bilan okean qa`riga g`arq bo`lgan. Uning bortida juda katta xazina – besh million dollorlik “bura” olmoslari, bahosi aniqlanmagan boshqa ko`plab javohirotlar, qimmatbaho buyumlar va noyob taqinchoqlar, Umar Hayom “Ruboiylar”i bebaho tarjimasining ajoyib rasmlar bilan bezatilgan ko`rkam muqovali kitobi ham bo`lganligi haqida ma`lumotlar bor.

Xo`sh, bu noyob kitob qanday qilib “Titanik” kemasiga tushib qoldi? U haqiqatdan, Umar Hayyom “Ruboiylar”i qo`lyozmasimidi va nima maqsadda olib ketilayotgan edi? Bu savol hanuz javobsiz qolmoqda.

Shu o`rinda “Jahon adabiyoti” jurnalining 2003 yil 6‑7 sonlarida bosilgan frantsuz yozuvchisi Amin Maaluf qalamiga mansub “Samarqand” romanining “Titanik” kemasi yo`lovchisi sifatida kema halokati daxshatlarini o`z ko`zi bilan ko`rgan va qutqarib olingan Benjamin Umar Lessajning 1918 yilda yozgan va roman muqaddimasida keltirilgan xati diqqatga sazovor: “Ha, 1912 yilning 14 aprelidan 15 apreliga o`tar kechasi ulkan “Titanik” kemasining halokati dunyodagi eng qimmatbaho qo`lyozmalardan biri – buyuk fors olimi va shoiri Umar Hayyomning “Ruboiylar” kitobining asl nusxasini ham suv qa`riga olib ketdi…jildi charmdan tayyorlanib, shoirning o`zi tomonidan bitilgan bu kitobni, bir paytlar qo`llarimda turgan bebaho qo`lyozmani mangulikka yo`qotganimni hech ham unuta olmayapman.

Uni ona yurti – Osiyodan olib chiqib ketilishiga men baxtiqaro Benjamin Umar Lesaj sababchi emasmanmi? U aynan mening yuklarim bilan o`sha mash`um “Titanik” kemasi sayohatga chiqmaganmidi?…Erta bir kun uni albatta suv qa`ridan olib chiqadilar, oltin quticha ichida suv osti loyqalaridan omon qolgan bu kitobning ayni taqdiri yangi sarguzashtlar bilan boyiydi..”

Bu kitobda na biron sana, na biron imzo bor edi. ularning o`rniga faqatgina otashqalb shoirning quyidagi bag`ishlovinigina o`qish mumkin edi: “Samarqand sayqali ro`yi zamin ast”.<!2Fspan>

Darvoqe, Benjamin Umar Lessaj xatida keltirilgan “Buyuk fors olimi va shoiri Umar Hayyomning “Ruboiylar” kitobi suv qa`riga cho`kib ketdi”, dgan fikr haqiqatdan yiroq bo`lishi kerak.

Chunki Umar Hayyom ruboiylari qo`lyozmasining shoir dastxati bilan bitilgan asl nusxasi saqlanib qolmagan. Bu balki Amin Maaluf badiiy ijodining namunasi bo`lishi mumkin. Nima bo`lganda ham Umar Hayyomning juda ko`p ruboiylari bizgacha saqlanib qolgan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ummon

    Titanikni 3D kurdim,voobshem daxshat,mana buni film desa buladi. yigitlar qizlar bilan chiksangiz bu filmga afsus qilmaysizlar smile

  2. netboy

    Титаник бу хакикий филм!!!

  3. Номаълум

    rostini aytsam buni uqiganimda xech nimani tshunmadim,gap nima haqida ketyapti?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social