Vetnam bozorida noodatiy baliq sotuvchisi bor

Vetnam bozorida noodatiy baliq sotuvchisi bor

Tez-tez bozorga borasizmi? U yerdagi sotuvchilar qanchalik muloyim? Sotuvchilar har doim ham muloyim bo’laverishmaydi. Lekin Vetnamda juda muloyim baliq sotuvchisi bor, uni uchratganda siz nafaqat butun uning narsalarni sotib olishga, balki o’zini ham sotib olishga tayyor bo’lasiz. Chunki u yoqimli mushuk! Ha, ha, mushuk.

Cho ismli uch yashar shotlandiyalik bu mushuk bozorda bir necha marotaba ko’rindi va barchaning sevimli mushugi bo’ldi. “Cho” – so’zining tarjimasi “it” degan ma’noni anglatadi, mushuk it kabi harakatlar  qilgani uchun xo’jayini Le Quoc Phong uni shunday nomlagan. Bu mushuk itlardek nafas oladi va shuning uchun u tez-tez fotosuratda og’zini ochib tushgan.

06070809010

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social