Xitoyda uchar avtomobil namoyish etildi

Xitoyda uchar avtomobil namoyish etildi

Avtomobilning uzunligi 5,5 metrni tashkil etadi. Uning kuzovi Xpeng P7 modelinikiga nisbatan 50 foizga yengil. Mashina havoda tezligini soatiga 130 kilometrga yetkaza oladi, parvoz vaqti 30 daqiqaga teng.

Xitoyning XPeng avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi uchadigan avtomobil prototipini namoyish etdi.

Avtomobil HT Aero deb nomlanadi, uni XPeng shu’ba kompaniyasi ishlab chiqargan. U tashqi ko‘rinishidan Xpeng P7 avtomobilini eslatadi: mashina uch eshik va ikki o‘rindiqli bo‘lib, elektr dvigatel va parvoz parraklari bilan jihozlangan.

Avtomobilning uzunligi 5,5 metrni tashkil etadi. Uning kuzovi Xpeng P7 modelinikiga nisbatan 50 foizga yengil. Mashina havoda tezligini soatiga 130 kilometrga yetkaza oladi, parvoz vaqti 30 daqiqaga teng.

Xpeng ushbu avtomobilni 2024 yildan ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Uning narxi bir million yuan (156 ming 500 dollar) atrofida bo‘ladi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Karim

    Bizada sotiladimi? Bizada sotilsa hamma avariya b6ladi havoda rofl

  2. Hurshid

    Bizada oddiy mowinalada millionta avariya b6ladiyu. u4arda vawe hammayo rasvo b6p ketadi

  3. Tohir

    4iroyli mowina b6pti, kutib qolaman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social