“Xuddi ayrilmagandekmiz”. “Garri Potter” haqidagi maxsus filmning ilk treyleri taqdim qilindi

“Xuddi ayrilmagandekmiz”. “Garri Potter” haqidagi maxsus filmning ilk treyleri taqdim qilindi

HBO Max va “Amediateka” striming servislari franshizaning birinchi filmi ekran yuzini ko‘rganiga 20 yil bo‘lgani munosabati bilan “Garri Potter” haqidagi maxsus epizodning birinchi treylerini taqdim qildi.

“Garri Potter: Hogvartsga qaytish” deb nomlangan ushbu rolik kinofranshiza ijodkorlari va unda suratga tushgan aktyorlar bilan intervyu, shuningdek, arxiv kadrlar umumlashmasidan iborat bo‘ladi, deb xulosa qilish mumkin. Avvalroq ilk tizeri taqdim qilingani haqida xabar berilgan maxsus epizodning premyerasi 2022-yilning 1-yanvarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Unda muxlislar Tom Felton, Mettyu Lyuis, Geri Oldmandan tashqari, Helena Bonem Karter va boshqa ko‘plab aktyorlarni ko‘rishi mumkin. Ma’lumot uchun, maxsus epizoddagi ishtirokchilar ro‘yxatida Garri Potter kitobi muallifi Joan Rouling e’lon qilinmagan. Mish-mishlarga ko‘ra, u irqchilik bilan bog‘liq ayblovlar sabab faqat arxiv kadrlardagina paydo bo‘ladi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Malika

    Garrini har yili kuraman, bayramdan oldin kuraman

  2. Alisher

    mazza qilaman wu kinolani kurib

  3. Shoxina

    rofl rofl rofl rofl rofl

  4. Komil

    televizorda kursa buladimi?

  5. Ergashev

    allplayda 4iqibti, kurila, zur 4iqqan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social