“Yandeks” o‘zbek tilidagi xabarlarni yo‘lga qo‘ymoqda

“Yandeks” o‘zbek tilidagi xabarlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Yangiliklar sahifasida, nima sodir bo’lganligi haqida o‘qish, suratlar va video ko‘rish, va qaysi OAV bu haqida yozayotganini bilish mumkin.

“Yandeks.Xabarlar” o‘zbek tilida ishga tushirilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

“Odamlarda voqealar haqida to‘liq va obyektiv ma’lumot bo‘lishi kerak, shuning uchun biz barcha yangiliklarni — ham rus, ham o‘zbek tillarida namoyish etishni xohlaymiz. Shunda bizning foydalanuvchilarimiz barcha yangiliklardan xabardor bo‘lishadi”, — deydi Yandeksning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.

Yangiliklar sahifasida, nima sodir bo’lganligi haqida o‘qish, suratlar va video ko‘rish, va qaysi OAV bu haqida yozayotganini bilish mumkin.

Ta’kidlanishicha, bu insonning aralashuvisiz sodir bo’ladi. Asosiy yangilikni tanlashda xizmat turli xil omillarni, shu jumladan voqea haqidagi materiallar miqdori va ommaviy axborot vositalarining ishonchliligini hisobga oladi.

Asosiy yangilikni tanlashda xizmat turli xil omillarni, shu jumladan voqea haqidagi materiallar miqdori va ommaviy axborot vositalarining ishonchliligini hisobga oladi. Xuddi shu tarzda, xizmat o‘zbek tilidagi yangiliklar bilan ham ishlaydi.

 

Spot.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social