Microsoft va Facebook Atlantika ostidagi super tezkor internet kabelini ochdi

Microsoft va Facebook Atlantika ostidagi super tezkor internet kabelini ochdi

“Facebook”, “Microsoft” va “Telxius” telekommunikatsiya kompaniyasi Atlantika okeanida uzunligi 6,6 ming kilometr bo’lgan ultra-tez internet kabelini o’rnatishni yakunladilar. Gigant simning maksimal tarmoqli kengligi soniyasiga 160 terabit, bu 71 million HD sifatli videoni bir vaqtning o’zida jonli efirda ko’rsatishiga yetarlidir.

MAREA (ispan tilida “suv ko’tarilishi”) Amerikaning Virjiniya shtati sohillarini va Ispaniyaning Bilbao qirg’oqlari bilan bog’laydi. Microsoft ma’lumotlariga ko’ra, transatlantik kabel haqidagi ma’lumotlar o’rtacha uy internetga ulanishidan 16 million marta tezroq uzatiladi.

Ikkala kompaniya Virjiniyadagi yirik ma’lumotlar markazlarini boshqaradi. Bilbao Ispaniyaning sohillari nafaqat Yevropa, balki Afrika, Yaqin Sharq va hatto Osiyodagi eng samarali yo’l ekanligi sababli ulanish nuqtasi sifatida tanlangan. MAREA 2018-yil boshida ishga tushishi rejalashtirilgan.

98998097979

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social