Runi “Manchester Yunayted” dan ketdi

Runi “Manchester Yunayted” dan ketdi

Ueyn Runi “Manchester Yunayted” dan “Everton” klubiga o’tdi. Bu haqda Liverpul klubi veb-saytida xabar qilindi. Hujumchi Everton klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bitimning moliyaviy shartlari oshkor qilinmayapti.

“Everton” bosh murabbiyi Ronald Kuman ushbu transfer bo’yicha o’z fikrini bildirdi: “Ueyn aynan bizga kerak bo’lgan harakterga ega futbolchi. Bundan tashqari unda chempionlik ruhi bor. U sovrinlarni yutishni biladi. U uyiga qaytishga qaror qilganidan juda xursandman”.

Runi – “Everton” tarbiyalanuvchisi. 2002-yilda klub safida u Premer ligada o’z debyutini o’tkazgan. Hujumchi “Everton” safida 2004 yilgacha o’ynagan, keyin uni 20 million funt evaziga “Manchester Yunayted” sotib olgan.

Runi “Manchester Yunayted” safida 13 yil to’p surgan. Shu vaqt mobaynida Runi besh marta Premer Liga chempioni, Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasida g’alaba qozongan.

2017 yil Yanvar oyida Runi “Stok Siti” ga qarshi bo’lib o’tgan o’yinda Manchester safida o’zining 250 chi golini urdi va shu bilan u “Manchester Yunayted” tarixida eng yaxshi to’purarga aylandi. Bu ko’rsatkich bo’yicha Runi hamyurti Bobbi Charltonni ortda qoldirdi. Shuningdek u Angliya milliy terma jamoasi tarixida eng yuqori reytingga ega futbolchi (53 ta gol).

2016/2017 mavsumida 31-yoshli hujumchi Premer Liga o’yinlarida 25 marta o’yinga tushib beshta gol va beshta golli uzatmaning muallifi bo’lgan.

051

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social