YHXBB nazoratni kuchaytirmoqda, haydovchilar ogoh bo‘ling

YHXBB nazoratni kuchaytirmoqda, haydovchilar ogoh bo‘ling

Shu yilning 19-25 fevral kunlari O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida sodir etilgan 135 yo‘l-transport hodisasi tufayli 138 fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. O‘tgan hafta davomida respublika yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 89 ming 485 qoidabuzarliklar aniqlangan. Ularning 45 ming 763 tasi qo‘pol qoidabuzarliklardir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmatidan ma’lum qilindi.

Xabarda 1 ming 829 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargani, 14 ming 280 holatda belgilangan tezlik talablari buzilgani, 1 ming 125 nafar haydovchi esa svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagani keltirilgan.

be-careful-safety-first-sign-s-4160

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 209, harakat vaqtida telefondan foydalangan 983 va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 14 ming 826 nafar haydovchiga nisbatan ham ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilgan.

Shunday ekan, o’zingizni va boshqa insonlarni ehtiyot qiling!!!

Manba: UzA

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social