“YouTube Kids”: Har bir yoshdagi bolalar uchun videolar va ota-ona nazorati

“YouTube Kids”: Har bir yoshdagi bolalar uchun videolar va ota-ona nazorati

Ushbu dastur yordamida siz bolangizga smartfonni berishingiz mumkin va u yomon narsalarni ko’rishi haqida tashvishlanmasangiz ham bo’ladi.

Ehtimol, har bir ota-onani, bolaga smartfonini yoki planshetini berganda YouTube’da yaroqsiz bo’lgan narsani ko’rishi xavotirga soladi. “YouTube Kids” ilovasi bolani xavfli bo’lgan kontentdan himoya qiladi.

“YouTube Kids” avtomatik ravishda tegishli videoni olgan bir xil nomdagi to’plamga kirishni ta’minlaydi. Pocoyo, “Masha va Ayiq”, LEGO, “Talking Tom va Do’stlar”, “Cho’chqacha Peppa”, LittleBabyBum kanallari, shuningdek mashinalar, konstruktor, o’yinlar, bolalar qo’shiqlari va karaoke, nima uchun it dumini silkitib turadi va qumdan qanday mashina qurish kabilarning barchasi bu yerda toplangan.

Siz qidiruvni yoqib qo’yishingiz mumkin, keyin bola videoni o’zi izlashi yoki uni o’chirib qo’yishi ham mumkin. Bu holda, videolar faqatgina dasturning asosiy sahifasida mavjud bo’ladi va tavsiya etilgan xizmatlardan avtomatik ravishda olingan videolarga asoslangan holda olinadi.

0097

“YouTube Kids” to’plami dastlab to’rt qismdan iborat: “Shou”, “Musika”, “O’rganish”, “Ko’rish”. Birozdan so’ng, beshinchi bo’lim ya’ni “Tavsiya etiladi” bo’limi paydo bo’ladi.

Kirish sozlamalari

“Kirish parametrlari” da asosiy funktsiyalardan biri – vaqt chegarasidir. Bola YouTube’da faqatgina 60 daqiqa bo’lishi mumkin. Ushbu vaqtdan keyin dastur bloklanadi. Bundan tashqari, sozlashda bolani yoshini ya’ni barcha yoshdagi, eng kichkinalarga va allaqachon maktabga borganlar uchun deb ko’rsatish mumkin.

“YouTube Kids” animatsiya va musiqa bilan yaxshi va qiziqarli interfeysga ega, shuning uchun bolaga faqat ushbu dasturda shunchaki o’tirish ham qiziq bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social