Yovvoyi tabiatning eng kulgili suratlari tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Yovvoyi tabiatning eng kulgili suratlari tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Hakamlar hay’ati tomonidan 2022-yilgi Comedy Wildlife Photography Awards tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlovda yovvoyi tabiat qo‘ynidagi hayvonlarning eng kulgili holatlari ko‘rsatilgan suratlar taqdim etildi.

Birinchi o‘rinni daraxtdan o‘ng‘aysiz qulagan uch oylik sher bolasi surati egalladi. Fotosuratchi Jennifer Xedli kichkina sher birinchi marta daraxtga chiqdi, deb taxmin qilgan. “Sher bolasi yerga qulaganidan keyin yaxshi ahvolda edi. U o‘rnidan turib, boshqa sher bolalarining oldiga yugurdi”, — deydi fotograf.

Jan-Jak Alkalay “Aldamchi Afrika rakurslari” fotosuratini taqdim etdi, unda esnayotgan begemot va heron qushi tasvirlangan.

Arturo Telle Timann spinorog balig‘ini suratga oldi, u kulgili ko‘rinishiga qaramay, keyinchalik kamerani tirnadi.

Comedy Wildlife Photography Awards mukofoti sovrindori Xadli pingvinlar bilan bog‘liq yana bir quvnoq suratni namoyish qildi.

Hindistonlik Arshdip Singx ko‘z qisib turgan boyo‘g‘lini suratga oldi.

Szya Chen “futbol o‘ynaydigan” qirg‘iyning suratini namoyish qildi.

Britaniyalik Maykl Isvell Avstraliyadagi Keyp-Xilsboro milliy bog‘iga tashrif buyurdi va ajoyib tomoshaning guvohi bo‘ldi.

“Men Florida plyajida krevetkalar bilan oziqlanayotgan yenotni suratga oldim. U menga shunday minnatdorchilik bildirdi”, — deydi Miroslav Srb.

Italiyalik Federika Vinchi tanlovga “Maymunlar sog‘lomlashtirish markazi” nomli suratini taqdim etdi.

Emmanuel Du Lin Sang o‘z suratida Janubiy Afrikada joylashgan qo‘riqxonadagi surikatlarni ko‘rsatib, ular o‘rtasida haqiqiy tajovuz yo‘qligini ta’kidladi.

AQSHlik Rayan Sims toshbaqalar ustida yurishga qaror qilgan o‘rdakchani suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Martin Greys Folklend orollarida suratga olgan ikki qirol pingviniga “Xotirjamlikni saqlang va boshingizni yo‘qotmang” deb izoh berdi. 

Comedy Wildlife Photography tanlovi yetti yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Unda ham professional, ham havaskor fotosuratchilar ishtirok etishi mumkin.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Класс laugh

  2. Otabek

    Maymunla zuruuu rofl

  3. Aziza

    rofl rofl rofl rofl

  4. Saida

    Namun4a wirin bumasala kiss

  5. Qodir

    laugh1 laugh1 laugh1

  6. Asilzoda

    victory

  7. Doniyor

    Rosa kuldim rofl

  8. JJ

    laugh1 laugh1 laugh1 laugh1

  9. Sevara

    Asalla kiss

  10. Nodira

    rofl rofl rofl rofl

  11. Qodir

    laugh

  12. Ezoza

    roflaaaaa

  13. Vali

    Shirintoy hayvonlaaa

  14. Vasilaxon

    rofl rofl

  15. Gulli

    Assalom alàykum juda kulguli xaxaxa

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social