Zamonamizning eng go‘zal ayollari reytingi

Zamonamizning eng go‘zal ayollari reytingi

Harli stritlik kosmetik jarroh Julian De Silva oltin nisbat bo‘yicha jismoniy mukammallikni o‘lchash uchun eng so‘nggi kompyuter xaritalash usullaridan foydalangan holda ro‘yxat ishlab chiqdi. Oltin nisbat birinchi marta yunonlar tomonidan ishlab chiqilgan matematik formuladir. Bu nisbat yuzning jozibadorligini o‘lchash uchun ham ishlatiladi. Tashqi ko‘rinishga kelsak, formula yuzning Phi ga nisbati 1,618 ga qanchalik yaqin bo‘lsa, u ko‘pchilikning idrokida shunchalik jozibali bo‘ladi, degan fikrga asoslanadi.

Xo Yon Jun

Janubiy koreyalik model va aktrisa ilmiy yondashuv asosida zamonamizning eng go‘zal ayollari ro‘yxatida o‘ninchi o‘rinni egalladi. Uning tashqi ko‘rinishi oltin nisbat mezonlariga 89,63% mos keladi. Ilgari Koreyaning top-modellari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan supermodel “Kalmar o‘yini” teleserialida rol o‘ynagach, jahon miqyosida shuhrat qozondi. Xo Yon Jun ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa uchun Primetime Emmy nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

Dipika Padukone

Bollivud sohibjamoli 91,22% oltin nisbati bilan dunyodagi eng go‘zal ayollar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Ushbu aktrisa butun ro‘yxatdagi eng mukammal qosh yo‘nalishiga ega. Padukone o‘zining xalqaro debyutini 2017-yilda Vin Dizel ishtirokidagi “XXX: Ksander Keyjning qaytishi” filmida qilgan. O‘shandan beri u Skarlett Yoxansson va Duna Pe bilan birga Vogue jurnalining muqovasi uchun suratga tushishga muvaffaq bo‘ldi.

Kim Kardashyan

Ijtimoiy tarmoqlarni zabt etgan va yuz millionlab obunachilarga ega 41 yoshli realiti-shou yulduzi 91,28 foizlik oltin nisbat bilan sakkizinchi o‘rinni egalladi. Kardashyan dunyodagi eng jozibali ayollardan biri hisoblanadi.

Jordan Dann

Britaniyalik supermodel 2007-yil boshida o‘zining debyutini xalqaro podiumda amalga oshirdi, u Mark Jacobs va Polo Ralf Lauren bilan birga ishladi va 2008-yilning fevralida u so‘nggi o‘n yillikning Prada podiumini bosib o‘tgan birinchi qora tanli modelga aylandi. Dann eng ko‘p maosh oladigan modellardan biri. U Vogue, W, Elle va i-D kabi eng mashhur jurnallarning muqovalarida ko‘rinish beradi. Uning tashqi ko‘rinishi oltin nisbatga 91,39% to‘g‘ri keladi.

Teylor Svift

Teylor Svift so‘nggi o‘n yil ichida ko‘ngilochar industriyada hukmronlik qilib, ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritdi. 11 karra “Gremmi” g‘olibi eng jozibali ayollar ro‘yxati yetakchilaridan qolishmaydi. Uning oltin nisbati 91,64 foizni tashkil qilib, oltinchi o‘rinni egalladi.

Ariana Grande

Ariana Grande dunyodagi eng ko‘p ko‘rilgan va u haqida gapirilgan mashhurlardan biridir. Estrada xonandasining uslubi hayoti va faoliyati bilan birga rivojlanib, asta-sekin yetuk va betakror imij sari o‘tdi. Grande 91,81% oltin nisbati bilan eng aniq yuz xususiyatlaridan biriga ega ekanligi kuzatildi va u jozibali ayollar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa munosib topildi.

Beyonse

Beyonse eng jozibali ayollar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va buning sababini tushunish oson. Pop yulduzi yuz shakli (99,6%), shuningdek, ko‘zlari, qosh va lablari uchun eng yuqori ball oldi. 1990-yillar va Destiny’s Child davridan beri mashhurligi ortib borayotgan qo‘shiqchining umumiy yuz simmetriyasi 92,44% ga baholangan.

Bella Hadid

Uchinchi o‘rinda Bella Hadid joy oldi. Dastlab qiz “Beverli-Xillzning haqiqiy uy bekalari”da ishtirok etib, omma e’tiboriga tushdi, ammo tezda podium modeli sifatida tanildi. Bella tezda mashhurlikka erishdi va ijtimoiy tarmoqlarda katta muxlislarga ega bo‘ldi. Uning yuz simmetriyasi 94,35% ga teng.

Zendaya

26 yoshli yulduz 94,37% oltin nisbat bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Zendaya, tadqiqotga ko‘ra, eng chiroyli lab va peshonaga ega. 2022-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi ko‘pchilik tomonidan butun dunyo bo‘ylab ko‘plab muxlislarga ega uslub timsoli hisoblanadi.

Jodi Komer

Ro‘yxatda 29 yoshli “Yevani o‘ldirish” filmi yulduzi birinchi o‘rinni egalladi. Uning yuzi go‘zallikning oltin nisbatiga 94,52% to‘g‘ri keladi — uning ko‘zlari, qoshlari, burni, lablari, iyagi, jag‘i va yuzi qadimgi yunonlarning mutanosib xususiyatlar tushunchasiga imkon qadar yaqin ekanligi aniqlangan. Komer birinchi marta “Yevani o‘ldirish” filmidagi Villanel roli bilan xalqaro shuhrat qozondi, buning uchun u bir qancha maqtovlarga sazovor bo‘ldi. Buning ortidan “So‘nggi duel” va boshqa filmlarda ham rollar ijro etdi.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Otabek

    Shunaqa maqolaladan kupro busin

  2. Тимур

    Манга купи ёкмади

  3. Isfandiyor

    Zendaya…

  4. Jamshid

    yoqdi

  5. Aziza

    Manam 4iroyliman

  6. Doniyor

    Guzal ayollaku

  7. Umar
  8. Abbos

    Guzalmas, kereli

  9. Utkir

    chiroyli

  10. Тимур

    Биламан Азиза

  11. Xurshid

    tak sebe

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social