«Yandeks» kompaniyasi o’z smartfonini rasman taqdim etdi

«Yandeks» kompaniyasi «Yandex.Telefon» deb nomlangan birinchi smartfonini e’lon qildi. Mazkur smartfon «Alisa» ovozli yordamchisiga ega bo’lib, uni har qanday dasturdan va hatto ekran o’chirilgan holda ham chaqirish mumkin. «Alisa» spam-qo’ng’iroqlarni sinchkovlik bilan tekshirishi mumkin: agar kiruvchi qo’ng’iroq shubhali raqamdan kelgan bo’lsa ekranda ogohlantirish ko’rsatiladi. Shuningdek, masalan, naushniklarni qurilmaga ulash uchun yordamchi musiqani yoqishni taklif qiladi.…