Sizning baxtingiz qayerda?

Ikki inson baxtni qidirib, safarga otlanibdi. Ular barcha yer yuzini aylanib chiqibdilar, ammo baxtni topisha olmabdilar. Shundan so`ng koinotning eng cho`qqisiga va so`ngra dengizning eng tubiga tushibdilar, ammo u yerda ham baxtni topa olmabdilar. Inson baxti aslida uning yuragida joylashgan. Agar biz baxtli bo`lishni istasak, biz avvalo o`zimizning yuragimizni tekshirishimiz zarur. Yuragimizning tub-tubida nima joylashgan?…