Birinchi navbatda o’ylash kerak…

Bizda bir og’iz va ikkita quloq bor, shunday ekan biz gapirishdan ko’ra ko’proq tinglashimiz kerak. Lekin ko’zlar quloqlardan teparoqda joylashgan, shuning uchun biz mish-mishlarga ishonib qolmasdan, avval uni ko’rishimiz kerak. Bularning hammasidan tepada miya joylashgan. Shuning uchun gapirishdan, mish-mishlarga ishonishdan va ko’rmasdan oldin, biz birinchi navbatda miyamizni ishlatgan holda, o’ylashimiz kerak.