Ko’pchilik o’ylamaydigan munosabatlardagi eng muhim narsa

Hech kim sizni baxtli qilishga majbur emas. Siz o’zingiz baxtning kalitisiz. Uyg’un munosabatlarning siri nimada? Agar siz odamlardan munosabatlardagi eng muhim narsa nima ekanligini so’rasangiz, ko’plab javoblarga ega bo’lasiz. Ular orasida ishonch, hurmat, aloqa va boshqalar bo’ladi. Blogger Kris Geyjning fikriga ko’ra, ushbu omil mezonlarni birlashtiradi – hissiy o’zini o’zi ta’minlash. Busiz konstruktiv munosabatlarni o’rnatish…

Bitiruvchi o‘rniga robot: Tokiodagi universitet innovatsion diplom topshirish marosimini o‘tkazdi

Yaponiyadagi BBT universiteti COVID-19 pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzmay bitiruv marosimini o‘tkazishning ajoyib texnologik yo‘lini topdi. Universitet rasmiy saytida xabar qilinishicha, marosimda robotlardan foydalanilgan: to‘rt nafar bitiruvchi (ikki bakalavr va ikki magistr) uydan turib masofadan bu robotlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Robotlarga bitiruvchilardek kiyim kiygizilib, yuz qismiga displey joylangan va u onlayn tarzda bitiruvchining vebkamerasiga…

Koronavirus: Farzandlari bilan karantinda bo‘lgan ota-onalar uchun maslahatlar

Hozir ko‘p oilalarning barcha a’zolari kunni uyda birga o‘tkazishyapti. Chunki kattalar masofadan ishlashmoqda, bolalar esa ta’limni uyda – onlayn darslar orqali olishmoqda. Bu jarayonga to‘g‘ri yondashilsa, karantin davrini nafaqat maroqli o‘tkazish, balki ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham yaxshilash mumkin. Koronavirus haqidagi salbiy fikrlarni kamaytiring Bolalarni yangiliklar va do‘stlari orqali eshitadigan hikoyalar qo‘rqitishi mumkin. Ularning…

Nurmagomedov: «Karantinda o‘tiribman, Fergyuson bilan jang bo‘lmaydi»

UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov 18 aprelga mo‘ljallangan Toni Fergyuson bilan jang o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. «Uyda karantinda o‘tiribman va odamlarning jang atrofidagi gaplarini o‘qib hayron qolyapman. Ularning gapidan kelib chiqadiki, butun dunyo karantin qoidalariga rioya qilib uyda o‘tirishi, Habib esa dunyo bo‘ylab uchib mashg‘ulot o‘tkazishi kerak, shundaymi? Jang uchun hayotimni xavf ostiga qo‘yishim…

Koronavirusdan xavotirga tushayotgan o‘smirlar uchun 6ta tavsiya

O‘smirlik – murakkab davr, COVID-19 esa uni yanada murakkablashtirishi mumkin. Maktablarning yopilishi va tadbirlarning bekor qilinishi tufayli ko‘plab o‘spirinlar hayotlaridagi muhim lahzalardan, maktabga borish va do‘stlari bilan muloqotda bo‘lishdan voz kechishga majbur bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan YUNISEF o‘spirinlar bilan ishlash bo‘yicha tajribali psixolog, kitoblari ko‘plab nusxada sotiladigan muallif, New York Times kolumnisti doktor Liza Deymurning…

Taomga buyurtma berganda koronavirusdan qanday saqlanish mumkin?

Koronavirus tez tarqalgani sababli odamlar yegulikni uyga keltirish uchun ko‘proq buyurtma berishni boshladi. Mijozlarga qulaylik sifatida servislar kurerlarning sog‘ligini tekshira boshlashdi. Fast company bunday vaziyatda qanday himoyalanish mumkinligi haqidagi tavsiyalarni berdi. FDA (Food and Drug Administration — AQSh mahsulot va dorilarni nazorat qilish boshqarmasi) ma’lumotlariga ko‘ra, «hozirgi kunda Covid-19 ovqat va uning o‘rami orqali tarqalishiga…

Aksirish atrofdagilarga avval hisoblangandan ko‘ra ko‘proq xavf solishi mumkinligi ma’lum qilindi

Aksirish atrofdagilarga avval o‘ylangandan ko‘ra ko‘proq xavf solishi mumkinligi ma’lum qilindi. Aksirishda atrofga chiqadigan suyuqlik tomchilari 7-8 metrgacha uchib, havoda avval hisoblangandan ko‘ra ko‘proq qoladi. Massachusets texnologik instituti fizigi Lidiya Buruiba Journal of American Medical Association nashrida chop etilgan maqolasida aksirishda hosil bo‘ladigan tomchilarning tarqalishi modelini bayon qilgan. Ushbu yangi ma’lumotlar COVID-19 va boshqa viruslar…

Uyda antiseptik gelni qanday tayyorlash mumkin?

Butun dunyo pandemiya iskanjasida bo‘lgan hozirgi vaqtda gigiyenaga rioya qilish zarurati yuqori. Bot-bot takrorlanayotgan talab – qo‘llarni toza tutishni ta’minlashda yordam beruvchi antiseptik gelni uy sharoitida qanday tayyorlash mumkinligini quyida bilib olishingiz mumkin. Antiseptik gel tarkibi qanday bo‘lishi kerak? Antiseptik ta’sir kuchiga ega bo‘lishi uchun uning eng kamida 60 foizini spirt tashkil qilishi lozim. Spirtning…