Fransiya chempionati muddatdan oldin yakunlangani e’lon qilindi

Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp futbol bo‘yicha mamlakat chempionati 2019/2020 yilgi mavsum o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sababli davom ettirilmasligini e’lon qildi. Bu haqda L’Équipe xabar bermoqda. «Mamlakatdagi koronavirus pandemiyasi vaziyati sababli Fransiya hududida yirik turnirlar sentabr oyiga qadar o‘tkazilmaydi. Shu jumladan, Fransiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumi ham davom ettirilmaydi», – deya bosh vazirning so‘zlarini keltiradi manba.…