Kuk Choy guruhi “Chempionlar” klipini taqdim etadi (+video)

Kuk Choy guruhi ushbu klipni sportchilarimizni butun dunyoga mashhur qilgan va o‘zbekistonliklarni sport Olimpining oliy pog‘onalariga ko‘targan rekordlarga bag‘ishlaydi. Klipning asosiy g‘oyasi yoshlar sportini har bir yigit-qiz hayotining ajralmas qismi sifatida ommalashtirish va rivojlantirishdan iborat. Har bir inson cho‘qqilarni zabt etishi mumkin, hammasi faqat o‘zimizga bog‘liq! Manba: Kuk Choy

Vazn yo’qotish uchun eng yaxshi sport turi bu – …?

Fitnes sohasidagi mutaxassislarni aniqlashicha, ortiqcha kilogram yo’qotishnong eng yaxshi yo’li – bu boks bilan shug’ulanish ekan. Boks yugurish va sport zaldagi mashqlardan ko’ra ko’proq kaloriya yondiradi. Bir soat boks bilan shug’ulangan inson 800 kaloriya yo’qotishi mumkin, bu esa ortiqcha vazn bilan kurashishning eng samarali va jismoniy yo’lidir. Ikkinchi o’rinda samaradorlik darajasiga ko’ra skvosh sport turi…

O’zPFLning Oliy Liga uchrashuvlari to’g’ridan-to’g’ri internet orqali translyatsiya qilinadi.

O’zbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda Shveytsariyada joylashgan “Empower Sports” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish borasida shartnoma imzoladi. Unga ko’ra, ikkinchi davradan boshlab O’zPFLning Oliy Liga uchrashuvlari to’g’ridan-to’g’ri internet orqali translyatsiya qilinadi. O’zbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining qit’ada Ligalarni rivojlantirish dasturini o’rganib chiqib, ushbu loyihada ishtirok etish istagini bildirdi. O’zbekiston Chempionati…

O’zbekiston JCh 2018 bilan xayrlashdi! (+video)

Milliy terma jamoamiz Jahon chempionati yo’llanmasi uchun kurashni to’xtatdi. Sababi Milliy jamoamizga guruh bosqichidagi keyingi  g’alabalar hech narsa bermaydi. Hammasi bugun hal bo’lishi kerak edi, yoki Eron Jahon chempionatiga muddatidan oldin yo’llanmani qo’lga kiritadi, yoki Milliy terma jamoamizning JCh ga chiqish imkoniyati saqlanib qolindi. Birinchisi bo’lib chiqdi – Eron JCh 2018 yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Albatta…

Bugun O’zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Eron bilan o’ynaydi.

Bugun O’zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Eron bilan o’ynaydi. Uchrashuvni O’zbekistonning SPORT telekanali soat 21:45 da namoyish etadi. Bu har ikkala terma jamoa uchun juda muhim ahamiyatga ega o’yin bo’ladi. Hozirda 17 ochko “A” guruhida peshqadam bo’lib turgan Eron terma jamoasi bugun g’alaba qozonsa, muddatidan avval JCh yo’llanmasini qo’lga kiritadi. Terma jamoamiz bugungi bahsda…

O’zbekiston – Qatar 1:0 (video)

JCh-2018 saralashidan o’rin olgan 7-tur bahsida O’zbekiston terma jamoasi o’z maydonida Qatarni qabul qildi va kichik hisobda g’alaba qozondi. Uchrashuvning 66-daqiqasida Odil Ahmedovning jarima to’pidan yo’llagan zarbasi golga aylandi – 1:0. Bu o’yinda yagona bo’lib qoldi va O’zbekiston qiyin g’alabaga erishdi. O’zbekiston – Qatar 1:0 Gol: Odil Ahmedov 66, – 1:0 O’zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Aleksandr Merzlyakov,…

“Lokomotiv” (O’zbekiston) 2:0 “Al Ahli” (BAA). Bahsning 20-soniyasidayoq hisob ochildi (video)

Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o’rin olgan “Lokomotiv” – “Al Ahli” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Bahsning 20-soniyasidayoq hisob ochildi. “Loko”ning yangi yarim himoyachisi Salmat Qutiboev boshi bilan to’p kiritishga erishdi. Sardor Mirzaevning pasidan so’ng Marat Bikmaev raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib borib osonlik bilan darvozani ishg’ol qildi – 2:0. “Lokomotiv” (O’zbekiston) – “Al Ahli” (BAA)…

OCHL-2017. “Bunyodkor” ham mag’lubiyatga uchradi

Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi 1-tur o’yinida, “Al Ahli” – “Bunyodkor” jamoalari maydonga tushishdi. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq mezbonlar jarima to’piga ega bo’lishdi. Al Somaning zarbasi darvoza to’siniga tegib qaytdi. 12-daqiqada Michich qo’pol xatoga yo’l qo’ydi, Umar Al Soma to’pni egallab jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, noaniq. Keyingi daqiqada hisob ochildi. Akrom Komilov to’pni darvozabonga oshirgandi…

OCHL-2017. “Lokomotiv” musobaqani mag’lubiyat bilan boshladi

Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi-2017 dastlabki turidan o’rin olgan “Al Taavon” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo’lib o’tdi. O’yinning boshida mezbonlar tashabbusga ega bo’lishdi. Mezbonlar dastlabki hujumni gol bilan yakunlashdi, biroq NDiayening goli o’yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi. 31-daqiqada Sadriddin Abdullaev jarima to’pini amalga oshirdi, to’pni darvozabon qo’lidan chiqarib yubordi, biroq Maxaradze darvozabonga nisbatan qo’pollik qilgani uchun…