O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi

Sloveniyalik taniqli mutaxassis, Iroq milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanets O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«O‘FA tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qator ishlar olib borildi.

Bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchkovlik bilan o‘rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko‘ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma’qul deb topildi.

O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan hafta Srechko Katanets o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda 58 yoshda bo‘lgan Srechko Katanets murabbiylik faoliyatini 1996 yilda Sloveniya yoshlar jamoasi boshqaruvida boshlagan, keyinroq Sloveniyaning «Goritsa» (1998) va Gretsiyaning «Olimpiakos» klublarida (2003) ishlagan. 1998-2002 yillarda Sloveniya terma jamoasini ilk marta boshqargan va jamoani ilk marta Yevropa chempionati (2000) va jahon chempionatiga (2002) olib chiqqan. Ammo guruhdagi barcha uchrashuvlar boy berilgach, ishdan bo‘shatilgan. U 2006-2009 yillarda Makedoniya, 2009-2011 yillarda BAA terma jamoalarida ishlagan.

2013 yilda esa Sloveniya termasiga qaytib, 2017 yilgacha ishlagan. 2018 yilda Iroq termasini qabul qilib olib, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan, saralashning 2-bosqichida guruhda 2-o‘rinni egallab, JCh-2022 hal qiluvchi saralash bosqichiga yo‘l olgandi. Ammo moliyaviy muammolar tufayli ushbu mutaxassis Iroqni tark etgandi.

O‘zbekiston milliy jamoasini 2019 yilda qabul qilib olgan Vadim Abramov JCh-2022 saralashida muvaffaqiyatsizlikdan (O‘zbekiston 3-bosqichga chiqish yo‘lidagi hal qiluvchi o‘yinda Saudiya Arabistoniga yirik hisobda yutqazdi va o‘z tarixida ilk bor 2-bosqichdayoq JCh yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi) keyin shu yilning iyunida iste’foga chiqarilgandi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Rashid

    Kim bu o’zi? Qatdan topishdi uni? O’zimizda yaxshi murabbiyla qomaptimi??

  2. Sumayya

    Bizani futbolchilardan eng yaxshisi Odil Ahmedovmi.O’shani mirabbi qisa bo’midimi.Yoshiyam ancha o’tib qoldi.Endi man futbolli jayam yaxshi chummimanuu birdaniga shunaqa ideya kep qoldide.Tag’n ustimdan kulib yurmela ;-)☺️

  3. Fazo.tv

    Salom Sumayya, hali murabbiylikka o’qishi kerak u) keyin barcha yaxshi futbolchilar, yaxshi murabbiy bo’la olishmaydi afsus sad

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social