Ruhshunoslar bola o`qishni o`rganishi va keyinchalik uning aqliy qobiliyatlari rivojlanishining o`rtasidagi aloqani topishdi.
Yuqori malakali ruhshunoslar, unchalik qiyin bo`lmagan tadqiqotni o`tkazishdi va ular shu tadqiqot orqali aniq yosh ta`rifi va insonning intellektual (aql-zakovatli) qobiliyatlari orasidagi aloqani topishdi. Ularning aytishlaricha, bolalar barvaqt yoshlarida kitoblarni o`qishga ko`proq vaqt sarflaganlar, kelajakda intellektual bo`lishar ekan.
Qo`yilgan savollarga javob topishi uchun, olimlar 2 mingga yaqin egizaklarni kuzatishdi. Ularning qatnashishi tasodifan bo`lmagan – shunday egizaklarning genlari butunlay o`xshash bo`lishi mumkin va bu narsa tashqi omillarni intellektga ta`sirini aniqlashda yordam beradi. Ruhshunoslar ikkala egizaklar 7, 9, 10, 12 va 16 yoshlarida o`qishni o`rganish yoshini va aqliy qobiliyatlarini solishtirishdi.
Tadqiqotning ohirida aniq bo`ldiki, egizaklarning xar hil yoshida o`qishni o`rganishi, 7 yoshlarda ularning o`ylash qobiliyati ham xar hil bo`lgan.
Aynan ushbu tadqiqotning omadli tugashida, olimlar aniqlashdiki, bolaning intellektual qobiliyatlari to`g`ridan-to`g`riga uning kitoblarni o`qishga barvaqt yoshida qiziqishi bilan bog`lik bo`lgan.