Istanbulda Yevropadagi eng tezyurar metro liniyasi ishga tushdi

Istanbulda Yevropadagi eng tezyurar metro liniyasi ishga tushdi

Istanbulda Yevropadagi eng tezyurar metro liniyasi ishga tushdi. Yangi metro liniyasi Turkiya megapolisini uning Yevropa qismidagi xalqaro aeroport bilan bog‘laydi, deb xabar bermoqda Anadolu.

Yangi liniya bo‘ylab poyezdlar soatiga 90—120 kilometr tezlikda harakatlanadi va kuniga 800 ming yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Yangi metro liniyasi Kyagitxan tumanidan Istanbul aeroportigacha bo‘lgan masofani 24 daqiqagacha bosib o‘tish imkonini beradi.

“Yangi metro liniyasining ishga tushishi Istanbul uchun tarixiy voqea”, — dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 22-yanvar, yakshanba kungi ochilish marosimida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihaning amalga oshirilishi bilan Turkiya butun dunyoga metro qurish masalasida o‘z kuchi va imkoniyatlarini namoyon qildi.

Istanbul xalqaro aeroporti 2019-yilda ish boshlagan. Uning qurilishini to‘liq yakunlash 2025-yilga mo‘ljallangan. Aeroport yiliga 150 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Стамбул просто огонь!

  2. Aziza

    Salom alaykum, Istanbulga boriw eng katta niyatim

  3. Otabek

    Borin albatta, vawe guzal wahar

  4. Karima

    Istanbulda yawaw hozir qimmat bupqogan

  5. Alisher

    good

  6. Ozoda

    istanbul kottaligidan bunaqa metrola kere. Bizani towkentdan 100 baravar kotta bosa kere

  7. Oybek

    Turkla molodec smile

  8. Malika

    Turkiyaga borgilarim kevotti

  9. Arslonbek

    good good smile

  10. Xurshid

    Yo’llariyam zur

  11. Fara

    Klass good

  12. Oybek

    yess zur zur zur

  13. Rasul

    dash dash dash

  14. Shokir

    Istanbul eng chiroyli va texnologik shahar

  15. Oybek

    Allohning mujizasi bu!

  16. Shokirova

    heart good

  17. Gulli

    Ajoyib hammasi yaxshi bolibdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social