Biz e’tibor bermaydigan imkoniyatlar…

Biz e’tibor bermaydigan imkoniyatlar…

Bir inson bo’lgan ekan. Uning uchta orzusi bor ekan va orzulari quyidagicha edi: yuqori maoshli yaxshi ishga ega bo’lish, chiroyli yaxshi qizga uylanish va butun dunyoga mashxur bo’lish edi.

Uning hayoti davomida ko’pgina vaziyatlar yuz berdi, biz ulardan uchtasini aytib beramiz:


Qishning sovuq kuni ertalab yosh yigit mashhur kompaniya bilan suhbatga shoshildi. Uchrashuv oldidan 5 daqiqa bor edi va u hali ham chorakdan o’tishi kerak edi. To’satdan uning oldida bir keksa odam yiqilib tushdi. Bizning qahramonimiz bu kishiga qaradi, u mast bo’lsa kerak deb o’yladi va qo’l bermasdan yo’lida davom etdi. Yaxshiyamki, u o’z vaqtida suhbatga yetib bordi. Afsuski, uni orzusidagi ishga qabul qilishmadi.

Issiq yozgi oqshomda u shahar atrofida yurardi. Ko’chadagi artistlar guruhiga e’tibor berib, tomoshadan zavqlanish uchun to’xtadi. Tomoshabinlar kam edi, lekin o’yin qiziqarli va hayajonli edi. Taqdimotdan so’ng olqishlar eshitildi va odamlar tarqalib ketdi. Bizning odam ham orqaga o’girildi, lekin kimdir yelkasiga tegdi. Bu o’yinning asosiy qahramoni, qari kloun ayol edi. U aktyorlar va tomosha yoqdimi yoki yo’qmi, deb so’rashni boshladi. Lekin odam suhbatni o’tkazishni istamadi va yuz o’girib, uyiga ketdi.

Bir kuz faslining yomg’irli kechasida bu odam do’stining tug’ilgan kunidan keyin uyiga shoshilib ketdi. Kun og’ir bo’lib chiqdi va iloji boricha tezda hammom olib, iliq va yumshoq yotoqda uxlab yotishni orzu qildi. To’satdan birovning ovozi eshitildi. Bu bir ayol yig’lar edi. U bizning qahramonimiz uyining yonida o’tirgan edi. U soyabonsiz yolg’iz edi va uning ustida faqatgina yengil ko’ylak bor edi. Qahramonimizni ko’rganda, u yordam so’rab murojaat qildi. Oilada biror narsa sodir bo’ldi va u haqiqatan ham yurakdan gapirishni xohladi. U juda ham band va uyiga shoshilayotganini aytdi.

Bu kishi baxtsiz hayot kechirdi va u vafot etdi.

Osmonga tushib bu odam Xudo bilan ko’rishdi.

– Bilasizmi, men juda baxtsiz va foydasiz hayot kechirdim. Mening uchta orzuim bor edi, ammo ularning hech biri amalga oshmadi. Qanday achinarli …

–  Hmm … Do’stim, barcha orzularingni ro’yobga chiqarish uchun hamma narsani qildim, ammo buning uchun sen faqat qo’lingni berishga, ko’zingni ochishga va yuragingni iliq qilishing kerak edi holos.

– Siz nima haqida gapiryapsiz?

Qishning sirpanchiq yo’llarida yiqilib tushgan odamni eslaysanmi? Bu kishi sen kirishni istagan kompaniya bosh direktori edi. Seni yaxshi ish kutar edi. Sendan talab qilinadigan narsa – qo’lni berish edi.

Ko’chadagi tomoshadan so’ng senga savollar bilan kelgan kari ayolni eslaysanmi? U seni birinchi qarashda sevib qolgan yosh chiroyli aktrisa edi. Seni baxtli kelajak, bolalar va ajralmas sevgi kutar edi. Sendan talab qilinadigan narsa o’z ko’zlaringni ochish edi.

Uying eshigi oldida yig’lagan bir ayolni eslaysanmi? Yomg’irli oqshom edi, u yomg’ir va ko’z yoshlari bilan to’lib ketgan edi… Bu mashhur yozuvchi edi. U oilaviy inqirozni boshdan kechirdi va u yordamga muhtoj edi. Agar sen unga yordam berganingda, u bu yordaming haqida o’z kitobida yozar edi. Bu kitob butun dunyoda mashhur bo’lib ketar edi va seni o’zining ilhomi deb tanishtirgan bo’lar edi. Sendan talab qilingan narsa – qalbingdagi kichik bir uchqun edi. Sen esa e’tibor bermading, do’stim.


Hayotimiz davomida doimo baxtli yashashimizga yoki hatto o’z yo’llarimizni o’rgartirishga yordam beradigan imkoniyatlar taklif qilinadi. Lekin biz o’z fikrlarimiz bilan band bo’lamiz, bizga kelgan odamlarga e’tibor bermaymiz. Ba’zan, boshqalarga yordam berish orqali biz orzu qilgan narsani topishimiz mumkin. Biz xudbinligimiz tufayli boshqalar bilan o’zaro munosabat qilolmaymiz va keyin dunyo bizga adolatsiz bo’lgani haqida shikoyat qilamiz.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social