Bugungi kunda har bir inson butunlay aqldan ozadigan hayot tarziga ega. Barcha qayergadir yuguradi, bir narsalar qiladi, kech qolishdan qo’rqishadi.
Menda ham shunga o’xshash hayot edi. Barcha ishlarim va fikrlarim elektron ogohlantirishlar, qo’ng’iroqlar ostida edi, kunimdagi har bir daqiqa tuzilgan edi. Va har doim men jadvalimda barcha ishlar uchun yetarli vaqt topishga harakat qilar edim, lekin doimo ham vaqt yetmas edi.
Yetti yil oldin, men ajoyib, tinch, betashvish va … sekin harakatlanuvchi qizning onasi bo’ldim. Biz bir joyga ketayotganimizda u mening hamyonimda lab bo’yog’ini qidirishni boshlar edi, yoki mashinada uning sevimli o’yinchog’ini xavfsizlik kamari bilan bog’lashni so’rar edi. Biz kafeda o’tirib va tezgina tushlik ovqatini qabul qilishga harakat qilgan bo’lsak, u oldida har qanday ayol bilan suhbat boshlar edi. Biz sayrga chiqqanimizda, u mushukni yoki itni silash uchun to’xtar edi.
Betashvish qizim men uchun qanday marhamat ekanligini tushunmas edim. Qizim mening band jadvalimni buzmoqchi bo’lganda men doimo aytar edim: “Bizda bu uchun vaqt yo’q!”. Men qizimga faqat ikki dahshatli so’zlarni aytar edim: “Tez bo’l”.
Men doimo kundalik ishlarida uni shoshiltirar edim: “Asalim, tezroq bo’lishimiz kerak, aks holda kech qolamiz”, “Tezroq vanna qabul qilib va uxlashga tayyorlang”. Bu so’zlar qizimni shoshiltirmas edi, lekin men ularni har kuni takrorlar edim. Ehtimol, men ularni “Men seni sevaman” so’ziga nisbatan ham ko’proq aytar edim.
Lekin bir kuni hammasi o’zgardi. Biz kichkina qizim bilan maktabdan uning opasini olgani bordik va barcha harakat sekin ko’rindi. Keyin kichkina qizim qo’llarini chalishtirdi va dedi: “Namuncha sekin bo’lmasang!”. Men uning so’zlarida o’zimni ko’rdim, doim shoshilgan va norozi – va ichimdan bir nima sindi. Usha paytda men shiddatli hayot tarzim mening bolalarimga zara yetkazayotganini tushunib qoldim.
Men ikkala qizlarimga yanada sabrli bo’lishga va’da berdim. “Tezroq” va “shoshil” so’zlarini ishlatmaslikga harakat qildim. Qizim gullarni hidlash uchun to’xtaganda men uning yonida turib kuzatar edim. Men diqqat bilan uning sekin harakatlarini tomosha qilar va u hayotdan zavq olayotganini tushunib turar edim.
Yaqinda, qizim va men aylanib yurgan edik va muzqaymoq yeyish uchun bir qahvaxonaga kirdik. Qizim o’tib yurgan odamlarni kuzatar edi, lekin birdan men uning yuzida xavotirni ko’rdim va u shunday deb so’radi: “Onajon, biz shoshilishimiz kerakmi?”. Mening ko’zlarim yoshga to’ldi. Men uni quchoqlab dedim: “Yo’q, azizim. Shoshilma. Vaqtimiz bor”.
Men endi hech qachon: “Bu uchun vaqtim yo’q!” – deb aytmayapman. Axir, bu haqida o’ylasak “Bizda yashash uchun vaqt yo’q” degan ma’noni anglatadi-ku?! Faqat bitta va to’g’ri yashashning eng oson yo’li – to’xtash, vaqtni unutish va kundalik hayotning huzuridan bahramand bo’lishdir. Ishoning menga bu haqiqat, men buni hayotdan zavq oladigan mutaxassis tomonidan bilib oldim!
Hayot tez o’tib ketadi, bilmay qolasizlar