Ikki do’st cho’l bo’ylab ketayotgan edi. Bir vaqt ular bahslashib qolishibdi va natijada ulardan biri boshqasining yuziga tarsaki tushuribdi. Yigit yuzidagi o’g’riqni his etdi, lekin hech nima gapirmasdan qumga “Bugun mening eng yaxshi do’stim menga tarsaki tushurdi” deb yozadi.
Ular yo’lini davom ettirishdi. Yo’lida oazisga duch kelishdi va unda cho’milishga qaror qilishdi. Cho’milayotib do’stidan tarsaki olgan yigit suvda cho’kib ketay deganida do’sti uni qutqarib qoldi. Hushiga kelgach toshga “Bugun mening eng yaxshi do’stim hayotimni qutqarib qoldi” degan so’zlarni yozadi.
Tarsaki tushurgan va hayotini qutqarib qolgan do’sti undan so’radi:
– Men seni xafa qilganimda sen qumga yozding, hozir esa sen toshga yozyapsan. Nima uchun?
Do’sti unga javob berdi:
– Kimdir bizni xafa qilsa biz buni qumga yozishimiz zarur, toki shamol uni o’chirib ketishi uchun. Lekin kimdir bizga yaxshilik qilganida, biz buni toshga yozishimiz kerak, toki hech qanday shamol bu yaxshilikni o’chirib ketmasin.
Xafagarchilikni qumga hursandchilikni esa toshga o’yib yozishni o’rganing. Hayot yengil va yorqin bo’lishi uchun vaqt qoldiring.