Dono xalqimizda bir ajoyib gap bor: “ yuz sum puling bo`lmasin yuzta do`sting bo`lsin”- o`ylaymizki ushbu gap xar jixatdan to`g`ri aytilgan gapdir. Chunki yaxshi kunimizda xam, yomon kunimizda xam kunimizga yaraydiganlar bizlarning do`stlarimizdir.
Shunga qaramasdan do`stlikni xar xil moddiy boylik bilan, yoki kimliginga qarab o`lchaydigan qo`shtirnoq ichidagi do`stlarimiz xam topiladi. Nima deb o`ylaysiz ularni do`st deb atashimiz to`g`ri bo`ladimi? Albatta ko`pchiligimizdan yo`q degan javobni eshtishimizga ishonamiz.
Lekin ming afsuslar yuo`lsinki xayotda xar xil insonlarni uchratishimiz mumkin. Albatta do`stlik xaqiqiy bo`lsa bu juda ajoyibdir. Agar xar birimiz do`stoigimizga xech qanday zarar etmasligiga ishonolsak bu yaxshi. Shuning bilan birga do`stligimizga putur etqazadigan xar xil qarshiliklarni xam bilishimiz zarurdir.
Bu qarshiliklarni esa istagancha topishimiz mumkin. Shulardan birini misol qilib keltiraylik. Agar siz kim bilandir chin do`st bo`lsangiz, atrofingizda do`stligingizni buzmoqchi bo`lganlar xam istagancha topiladi. Agar kimdir kelib sizga do`stingiz xaqida nimadir yomon gap gapirsa darxol shu gapga ishonib qolmang.
Tekshirishdan ko`ra, do`stingiz bilan ochiqcha gaplashib olganingiz ma`quldir. Gaplashganingizda xam xech narsani yashirmasdan ochiqcha gaplashganingiz maquldir. Yana do`stligimizga putur etqazadigan narsalardan biri, Agar siz o`ylasangiz do`stingiz asosiy o`z vaqtini faqat siz bilan o`tqazishi kerak deb.
Demak siz biroz noto`g`ri o`ylayapsiz. Bu xam do`stligingiz uchun putur etqazishi mumkin. Juda bo`lmaganda do`stingiz sizdan tezda zerikib qolishi mumkin. Shuning uchun do`stlikni saqlab qolish uchun xam ko`plab sabr toqat xamda donolik talab etiladi. Xech qachon do`stlarimizni nimadir orqali o`zimizga bog`lab qo`ymasligimiz kerak. Do`stlik qanchalik erkin bo`lsa u shunchalik mustaxkamlanib boradi deb biz ishonamiz.
Bundan tashqari do`stingiz ega bo`lgan narsalarga xam o`zingizni shaxsiy mulkingiz deb qaramang. Uni asrab avaylashga xarakat qilishingiz mumkin. Shuni yaxshi bilingki baribir ushbu narsalar do`stingizni shaxsiy mulkidir. Mulk topilishi mumkin. Lekin do`stingizni yo`qotsangiz uni topish amrimaxol.
Shuning uchun xam yuqorida do`stlikni asrab avaylang deb gapirib o`tdik. Yana muxim narsalardan biri. Xech qachon birovlarni oldida do`stingizni ustidan kulmang. Aslo do`stingizni kamsitmang. Bu narsa do`stingiz uchun va do`stligingizni saqlab qolishingiz uchun juda muximdir. Agar do`stlaringiz ko`p bo`lsa, demak siz dunyodagi eng boy odamsiz deb bemalol aytaolamiz. Sizda haqiqiy va ishonchli do`stingiz bormi? Fikringizni kutib qolamiz.
мен олдин уз дустларимни кизганардим, мендан бошкаси билан сирларини мухокама килмаслигини истардим, лекин вакт утиши билан бу хатойимни тушундим ва бошка бундай килмайдиган булдим
эээ балли, офарин Фортуна! Бундай очикликга хаммаям икрор булаолмайди
Ha, menda ishonchli do`stlarim bor… “100 so`m puling bo`lmasin 100 ta do`sting bo`lsin” degan gapning zamirida xaqiqatda katta ma`no bor. Men shu yoshimgacha bo`lgan hayot faoliyatimdan kelib yozadigan bo`lsam! Insonning do`sti bo`lmog`i lozim, faqat qiyin vaziyatdamas yaxshi kunlarda ham… Negaki “D`ostsiz boshim, tussiz oshim” naqli ham bejizgamas. Ko`pchilik do`stni faqat qiyinchilikda bilinadi deyishadi bu to`g`ri lekin ba`zi hollarda ya`ni sizni to`yingizdami, tug`ilgan kuningizdami yaqin do`stingiz bo`lmasa(agar asosiz bo`lmasa)unda ham bo`lmaydi. Shu bois do`st yaxshi va yomon kunda ham birdek kerak. Do`stni yaxhi, yomonga ajratadigan bo`lsak, eng asosiysi sizni tushinadigan, eshitadigan, uni ko`rganizda yuzingizdan beixtiyor tabassum yuguradigan umuman dunyo qarashlaringiz bir-biringiz yaqin bo`lish lozim ushanda u yaxshi do`st aks holda qo`pol bo`lsa ham u yomon do`st hisoblanadi. Shaxsan, manda yaqinda bir do`stimni sohta so`st ekanligini bildim. Bir tomondan men afsuslandim chunki usha do`stimni yo`qotdim unga o`rganib qolgan ekanman, ikkinchi tomondan hursandman negaki ichimdagi dushmanimni tashqariga uloqtirganimdan… Mening yuz so`m pulim yo`q lekin …..
Бахром гапингизга кушиламан, дустдан ажралиш хар дойим кийин кечади. Дустдан ажралиш бир зумда булиши мумкин, лекин бир инсон билан дуст булиб олгунча канчадан канча вакт, сабр токат ва колаверса синовлар булади. Бази вактларда сони эмас, сифати кере деворгинг келади киши
Bahrom va a – do’stingni yaqin olib, ular bilan o’zingning ichki kechinmalaring bilan bo’lishasan, ota onanga aytolmiydigan sirlaringni etasan, vaqt kelib mana shu do’stlaringdan o’zinga nisbatan hiyonat his qilsang, mana bundan qiyini yo’q
do’st bu do’st/ do’stimiz hiyonat qildimi, demak bu bizzi aybimiz, chunki biz do’st tanlashdan adashgan bo’lamiz
Дустни кандай танлаш лозим? Унинг нималарига ахамият бериш к-к?
Бир киши машҳур донишманднинг ҳузурига келиб, ундан сўрабди:
– Устоз, сиздан бир нарсани билиб олмоқчи эдим. Одамнинг нечта дўсти бўлиши керак? “Юз тилланг бўлмасин, юзта дўстинг бўлсин” деган мақолни эшитиб қолдим. Лекин агар атайлаб дўст қидирадиган бўлсам, ишларим ўнгидан келишига ишонмайман. Ахир қаршингдаги одам аслида қанақалигини билиб бўлмайди. Бундан ташқари, у чинакам дўст бўлишга лойиқми-йўқми – буни ҳам олдиндан айтиш қийин. Унинг устига, ўзимнинг ҳам бошқаларга қай даражада дўст бўла олишим аниқ эмас…
– Саволингга жавоб бераман, тўғрироғи, жавобни ўзинг топасан, – дебди донишманд. – Ҳув анави олма дарахтини кўряпсанми? У дунёдаги энг баланд олма оғочларидан бири. Бориб ўша дарахтнинг энг учидаги мевалардан менга териб кел.
Одам ўша тарафга қараб, дарахтнинг юксак шохларида товланиб турган олмаларни кўрибди ва:
– Лекин, тақсир, дарахт ҳақиқатан ҳам жуда баланд экан. Меваларни қандай қилиб уза оламан? – дебди.
– Бирорта дўстингни чақир, биргалашиб оларсизлар, – деб йўл-йўриқ кўрсатибди донишманд.
Ҳалиги киши бир дўстини топиб келибди. Ўртоғи унинг елкасига чиқибди, лекин меваларга қўли етмабди. Орада ҳали анчагина масофа бор экан.
– Йўқ, бунақада ҳеч нарсага эришиб бўлмайди, – дебди асабийлашиб дўст изловчи.
– Нима бало, бошқа умуман дўстинг йўқми? – дебди кулиб донишманд.
Бояқиш бошқа дўстларини ҳам чақириб, анча-мунча одам йиғибди. Улар бир-бирларининг елкаларига минганча, терлаб-пишиб юқорига интилишибди… Бироқ бу жонли ҳавоза олмагача етиб бормабди, ҳолдан тойган одамларнинг оёқлари ҳам тойибди, ҳамма ерга гурсиллаб тушибди.
Бу ишларни кузатиб турган донишманд ҳалиги кишини ёнига чақирибди ва сўрабди:
– Одамга нечта ҳақиқий дўст кераклигини тушунгандирсан?
– Ҳа, тақсир, тушундим, – дебди у лат еган елкасини уқалаганча. – Жуда кўп дўст керак экан. Кўпдан қуён қочиб қутулмайди. Ҳар қандай муаммони кўплашиб ҳал қилиш мумкин.
Донишманд афсус билан бош чайқабди:
– Тўғри, дўстларнинг кўп бўлгани яхши. Лекин миясига нарвон олиб келиш фикри келадиган биттагина фаросатли дўстинг бўлса, ундан-да яхши
Murodjon, juda ham ajoyib hikoya. Bir tomondan juda kulgili, lekin bir tomondan juda achinarli.
Ahmoq doʻstdan aqili dushman yaxshi chunki dushmaning zarbasiga tayyor turasan dostniki yiqitadi
❤️
Do’stlarim juda ko’p, haqiqiy yaqinlari kam